Portugaliya Millatlar Ligasidan qancha ishlab oldi?
10 iyu 2019 11:44
Yangiliklar
Portugaliya Millatlar Ligasidan qancha ishlab oldi?
Portugaliya terma jamoasi Millatlar Ligasi chempionligidan so'ng qancha ishlab olgani malum bo'ldi.
Portugaliyaliklar musobaqadagi g'alaba uchun 10,5 million evro miqdoridagi mukofot pullarini qabul qilib olishdi.
Jamoa A divizionidagi ishtiroki va guruhdagi g'alabasi uchun 2,25 million evrodan olishdi. Finaldagi muvaffaqiyat uchun esa yana 6 millionga ega bo'lishdi.
Gollandiyaliklarga esa finalga chiqqanliklari uchun 4,5 million berildi.
Eslatib o'tamiz, portugaliyaliklar bundan 3 yil oldingi Evrodagi g'alabalari uchun 25,5 million evro ishlab olgan edilar.
Fikrlar