Portugaliya. Joau Mariu gol urgan o'yinda "Sporting" g'alaba qozondi. Lissabon klubi chempionmi?
16 fev 2021 11:11
Yangiliklar


Portugaliya. Joau Mariu gol urgan o'yinda "Sporting" g'alaba qozondi. Lissabon klubi chempionmi?
Kecha Portugaliya chempionatida 19-turning navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda peshqadam "Sporting" klubi o'z maydonida "Pasush"ni qabul qilib 2:0 hisobida g'alabaga erishdi. Joau Mariu birinchi taymda penaltidan hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi taym boshida Palinya ikkinchi bor mehmonlarni ranjitdi - 2:0.
"Sporting" ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolari sonini 51taga etkazib oldi va ishonch bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. Ikkinchi o'rindagi "Portu" hisobida 41 ochko mavjud. CHempionat tugashiga 15ta tur qoldi.
Sporting - Pasush - 2:0
Gollar: Joau Mariu, 20 - penaltidan (1:0). Palinya, 48 (2:0).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar