So’nggi yangiliklar

15:55ПРО-Лига. "Машъал" – "Бухоро" (онлайн натижа)  1 15:52"Бавария" Бундеслиганинг иккинчи тўпурарини ҳам ўз сафида кўрмоқчи   0 15:35ПРО-Лига. "Арал" - "Шўртан" (Онлайн натижа)  3 15:16Эшитдик-да! "Навбаҳор" футболчилари ҳам 3 ойдан бери маош олишмаяпти  8 13:17Неймар жароҳати ҳақида: "Шифокорлар мени огоҳлантиришганди"  2 12:49Анчелотти: "Реал" ўзининг "Олтин тўпини" 1 июнь куни ютиб бўлган"  7 12:25"Ал Райян" бош мураббийи ўтган мавсум ўзбек клуби сабабли ОЧЛдан қуруқ қолган эди  3 12:00ПРО-Лига. Бугун етакчилар жанги гувоҳи бўламиз  3 11:45"Насаф"ни чемпион қилган ўйинлар  10 11:22Рой Кин: "Манчестер Юнайтед" — шунчаки ўртамиёна клуб"  3 10:50Мареска: "Челси" АПЛнинг энг кучли таркибларидан бирига эга"  1 10:23Слот: "Салоҳнинг ўйинида пасайиш кутманг"  3 09:56"Арсенал" Муҳаммад Қуддусни сотиб олмочқи   2 09:28Мората Ямални Месси ҳамда Роналдуга солиштирди  14 09:00Элит ОЧЛ. Бугун "Пахтакор" "Ал Райян" билан куч синашади  36

Portugaliya - Gana 2:1. MATNLI TRANSLYACIYA Yangiliklar

Portugaliya - Gana 2:1. MATNLI TRANSLYACIYA

Portugaliya - Gana uchrashuvning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib bordingiz.
PORTUGALIYA - GANA 2:1
Braziliya milliy stadioni
Bosh hakam:
Navaf SHukrulla (Bahrayn)
Qanotlardagi hakamlar:
Yaser Xalil Tulefat, Ebraim Mubarak Sale
Gollar:
Boy 31 (avt.), Ronaldu 80 - Gyan 57

Portugaliya:
Betu (Eduardo, 89), Bruno Alvesh, Pepe, Velozu, Villiam, Ronaldu, Joau Moutino, Eder (Vierinya, 69), Nani, Amorim, Joau Pereyra (Varela, 61),

Gana:
Dauda, Gyan, Atsu, Badu, A.Ayyu (Vakaso, 81), Rabiu (Askua, 76), Uoris (J. Ayyu, 71), Mensa, Afful, Boye, Asamoa.

Ogohlantirishlar:
Harrison Afful 39, Uoris 55, J. Ayyu 78 - Moutino 90




                            MATNLI TRANSLYACIYA
                                     
YANGILASH

Portugaliya g'alaba qozonganiga qaramay, mundialni tark etdi. Bugungi uchrashuvni sizlar uchun Tolibjon Qosimov sharxlab bordi. Salomat bo'ling!

Demak, o'yin o'z nihoyasiga etdi.

90+5. Gyanning jarimadan bergan zarbasi salgina noaniq ketdi.

90+2. Dauda nimalar qilayapti. Ronalduning daxshatli zarbalarini ko'rdim demayapti.

88. Portugaliya darvozaboni Betu jarohat olganiga qaramay maydonda o'ynamoqchi edi, lekin murabbiylar uchun uning sog'lig'i muhim.

84. Varelaning zarbasini ham Dauda ushlab oldi.

Krishti nihoyat gol urdi, bugun u juda ko'p urindi buni amalga oshirish uchun. Dauda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va to'pni Ronalduga tashlab berdi.

80. Goooooooolllllll, Ronalduuuuuuu!!!

78. Hay, hay o'rtoq rejisser uyat bo'ladi-ya, bunaqa lavhalarni hadeb takror beravermangeee ))

75. Asamoa Gyanning bosh bilan bergan navbatdagi zarbasi noaniq chiqdi, Pepe esa uni turg'izib qo'ydi.

73. Ronaldu jarima maydoniga yorib kirdi va yiqildi. natija burchak zarbasi.

70. Ronaldu to'pni chap qanotdan uzatishga uringan edi, qattiq tepib yubordi.

67. Asamoaning urinishi ham besamar yakunlandi.

66. Atsuning zarbasi ancha yuqoridan ketdi.

64. Gana yana tezkor qarshi hujumga o'tishi mumkin edi, to'p oshirishda xatolik.

61. Ganadan yana bir "naves", bu safar Voris imkoniyatdan foydalana olmadi.

Kvadvo Asamoadan chiroyli "naves", Velozu esa Gyanni ushlab qola olmadi.

57. Gooooooooollllllll, Asamoa Gyan.

55. Uoris ogohlantirildi, Pepeni yiqitgan edi. Buni qarang Pepega "duxi" etadiganlaram bor. )

53. Moutino, Nani, Ronaldu... chiroyli paslar ketma-ketligini Amorim buzib qo'ydi. Saviyaning darajasi sezilib qoldi.

51. Gyandan navbatdagi zarbaaa, salgina noaniq...

48. Nanining zarbasi yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi.

46. Betu sal bo'lmasa to'pni raqibga oldirib qo'yardi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. Ofisimiz klaviaturasi qarshisida kamina bo'lib turibdi. Oxirida aytaman, lekin To'lqin akani qo'shnisi emas bu ))


Bu esa avtogol bo'lgan vaziyat.


Bu esa Betuning javob seyvi


Daudaning super seyvi

Tanaffus.

45+1.
Haligi Boy ikkinchi marta avtogol muallifi bo'lishi mumkin edi.

44. Nanidan regbicha zarba, ey san futbol o'ynayapsan axir.

43. Asamoa gyan jarima maydonida yiqildi va penalti so'radi. Hakam esa - Indama jim, qurtini shim, dedi.


40. Atsu chap qanotdan Pereyrani ortda qoldirib zarba berdi, biroz noaniq ketdi.

39. Ronalduni chalgani uchun Harrison Afful ogohlantirildi.

36. Gyan bo'sh qoldirilgan edi, lekin u imkoniyatdan foydalana olmadi.

34. Amorimdan zarba bu safar, lekin noaniq.

32. Ronidan yana bir zarbaaa va yana seyv. Bu Dauda seyv qilib charchamayapti.

31. Goooooooolllll, avtogol. Velozu yana to'pni o'ng qanotdan uzatdi, himoyachi Jon Boy esa uni qaytaraman deb o'z darvozasiga to'g'rilab yubordi.

28. Migel Velozu ketma-ket ikki marta qanotdan to'pni ko'tardi, har ikkisi ham foydasiz.

26. Portugaliyaliklar standartni tezda amalga oshirishgan edi, lekin o'xshamadi.

23. Gyanning bosh bilan zarbasini Betu ushlab oldi.

22. Villiam Karvalyu raqibning tezkor hujumini buzib qo'ydi. Taktik fol deyiladi bu.

Bugun darvozabonlar PES tili bilan aytganda "qizil" chiqqan shekilli.

20. Endi Betudan super seyv!!!


19. Ronalduuuuu, Daudadan super seyv!!! Voy-doood, qanday seyv

17. Ronaldu raqib jarima maydonchasida yiqilib tushdi, lekin penalti emas.

16. Hozircha o'yin tempi juda yuqori. 90 daqiqa shunday bo'lsa hamma hursandda.

14. Ganaliklar o'ng qanotdan hujum uyushtirishdi, samarasiz.

12. Ronaldudan "pushka"... bu safar Dauda qutqardi. Bugun butun Portugaliya Ronalduga ko'z tikkan, u buni his qilib o'ynamoqda hozircha.

11. Moutino kichik jarohat oldi.

10. A bu ganaliklar darvozaboni Dauda Bartezni g'irt o'zi ekan-ku. Hurmacha qiliqlar qilib turarkan. )

9. Moutino o'zi istamagan holda raqibni chalib yubordi.

5. Ronalduuuuu, zarbaaaaaa va to'sin qutqardi afrikaliklarni. Ha Krishtining shashti baland.

Portugaliya o'yinni faollik bilan boshladi, ularga bugun yirik hisobdagi g'alaba zarur.

1. O'YIN BOSHLANDI

- Uchrashuv soat 21:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика