Portugaliya. Eronlik hujumchini to'xtatib bo'lmayapti, "Benfika"da navbatdagi durang
26 jan 2021 09:05
Yangiliklar


Portugaliya. Eronlik hujumchini to'xtatib bo'lmayapti, "Benfika"da navbatdagi durang
Kecha Portugaliya chempionatida 15-turdan o'rin olgan bir qator o'yinlar bo'lib o'tdi.
Amaldagi chempion "Portu" safarda "Farense" mehmoni bo'lib 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. Yagona golga jamoaning eronlik hujumchisi Mehdi Taremi mualliflik qildi. Eronlik to'purar oxirgi 5ta o'yinda 5ta gol urishga erishdi.
"Farense" - "Portu" 0:1
Gol: Taremi 15.
"Benfika" esa o'z maydonida kutilmaganda ochko yo'qotdi. "Nasonal"ga qarshi o'yin o'tkazgan Lissabon klubi 14-daqiqada SHikinyuning goli evaziga hisobni ochdi. Biroq ikkinchi taym boshida Rochesning urgan goli o'yin durang bilan tugashini taminlab berdi - 1:1.
"Benfika" - "Nasonal" 1:1
Gollar: SHikino 14 - Roches 48.
"Riu Ave" - "Santa Klara" 1:2
Gollar: Karvalo 24, Morita 89 - Mesino 26.
"Belenensesh" - "Tondela" 2:0
Gollar: Kasserra 18, Esgayu 36.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar