Portugaliya. Eronlik hujumchidan navbatdagi gol, "Portu" esa g'alabani saqlab qola olmadi
08 fev 2021 11:40
Yangiliklar


Portugaliya. Eronlik hujumchidan navbatdagi gol, "Portu" esa g'alabani saqlab qola olmadi
Kecha 18-turidan o'rin olgan "Braga" - "Portu" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Serjiu Oliveyra penaltidan hisobni ochdi, ikkinchi taym boshida eronlik Mehdi Taremi gol urib farqi ikkitga oshirdi. Biroq oradan ko'p o'tmay Xesus Korona qizil kartochka olib "Portu"ni 10 kishi bo'lib qolishiga sabab bo'ldi.
87-daqiqada Franserjio hisobni qisqartirdi, hakam tomonidan qo'shib berilgan 5-daqiqada Gaytan gol urib "Braga"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi - 2:2.
Ushbu o'yindan keyin ikkinchi o'rindagi "Portu" hisobida 40, uchinchi o'rindagi "Braga" hisobida 37 ochko bo'ldi.
Braga - Portu - 2:2 (0:1)
7 fevral. Braga. "Braga Munisipal" stadioni.
Bosh hakam - Artur Diash (Portu).
Gollar: Serjiu Oliveyra, 36 - penalti (0:1). Mehdi Taremi, 54 (0:2). Franserjio, 87 (1:2). Gaytan, 90+5 (2:2).
CHetlatish: Xesus Korona 60.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar