"Real" "yangi Krishtianu Ronaldu"ga qiziqmoqda
24 apr 2025 20:22
Yangiliklar
"Real" "yangi Krishtianu Ronaldu"ga qiziqmoqda
"Portu" 17 yoshli yarim himoyachi Rodrigu Mora bilan uzoq muddatli shartnoma imzolab, uning uchun 70 mln evro tovon puli belgiladi.
"Portu" akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Mora to'qqiz yoshidan beri klub tizimida o'ynab kelmoqda. U joriy mavsum 25 o'yinda ishtirok etib, 9 ta gol urdi va 3 ta golli pas uzatdi. Portugaliya klubi rahbariyati uning jahon yulduzi bo'lish salohiyatiga ishonch bildirmoqda va 2030 yilgacha tuzilgan shartnoma klubning niyati jiddiy ekanligini tasdiqlaydi.

Yosh futbolchiga Madridning "Real"i etibor qaratgan. Agent Jorje Mendesh "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peresga Morani kuzatib borishni maslahat berdi. Ispaniyada uni allaqachon "yangi Krishtianu Ronaldu" deya atashmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar