Portugaliya. "Braga"da g'alaba, "Portu" esa bu mavsum ilk bor bunday natija qayd etdi
05 fev 2021 09:41
Yangiliklar


Portugaliya. "Braga"da g'alaba, "Portu" esa bu mavsum ilk bor bunday natija qayd etdi
Kecha Portugaliya chempionatida 17-turdan o'rin olgan dastlabki 4ta o'yin bo'lib o'tdi.
"Braga" o'z maydonida "Portimonense"ni 2:1 hisobida taslim qildi. "Portu" esa "Belenensesh" maydonida g'alaba qozona olmadi - 0:0. Etiborlisi "Portu" Portugaliya chempionatida bu mavsum barcha o'yinlarda kamida bitta gol urib kelayotgan edi. So'nggi bor jamoa 2020 yil iyun oyida milliy chempionat doirasida to'p kirita olmagandi. SHunday qilib "Portu"ning 23ta o'yinlik golli seriyasi yakuniga etdi.
Farense - Santa-Klara - 1:1 (1:0)
Gollar: Gold, 40 (1:0). Karvalo, 63 - penalti (1:1).
Braga - Portimonense - 2:1 (0:1)
Gollar: Boa Morte, 24 (0:1). Lukas Piazon, 62 (1:1). Rikardu Orta, 73 - penalti (2:1).
Famalikan - Moreyrense - 0:2 (0:2)
Gollar: Ricceli, 24 - avtogol (0:1). Yan, 45 (0:2).
Belenensesh - Portu - 0:0 (0:0)
O’xshash yangiliklar

Fikrlar