So’nggi yangiliklar

20:36Расман: Карло Анчелотти Бразилия терма жамоасини бошқаради  1 20:15"Халқим учун "Олтин тўп"ни қўлга киритишни истардим" — Муҳаммад Салоҳ  4 19:48Эшитдик-да! Эртага Шацких "Андижон" бош мураббийи этиб тайинланади  16 19:31Ханси Флик Пеп Гвардиоланинг ютуғини такрорлади  2 19:05Карло Анчелотти тез орада Бразилия терма жамоаси бош мураббийи сифатида иш бошлайди  7 18:48Футзал. "Оил Стар" Ўзбекистон Кубоги ярим финалининг илк баҳсида ЎзСҚБни йирик ҳисобда енгди  1 18:15"Лидс" трансферлар учун 100 млн фунт сарфлайди  4 17:47Де Брюйне "Наполи"га ўтишга рози  3 17:242 та дубль қайд этилган "Машъал" – "Қизилқум" тўқнашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 16:57U-14 Ривожланиш Кубоги. Голларга бой ўйинда Ўзбекистон Латвиядан устун келди  2 16:41Чемпион билан дуранг ўйнаган мураббий, суперсэйв амалга оширган посбон, иккита гол урган футболчи — Суперлигада 9-турнинг энг яхшилари  3 16:31Футзал. БМБ Ўзбекистон Кубоги ярим финалининг илк учрашувида ОКМКни мағлуб этди  1 16:03Бозоров, Қобилов, Сайфиев, Ўринбоев ва бошқалар ... Суперлига 9-тур рамзий терма жамоаси   0 15:46"Майдонга қайтганимдан хурсандман" — Аканжи  7 15:18Тонали Манчестер клублари шорт-листига кирди  0

"Portu" stadioniga sayohat! Yangiliklar

"Portu" stadioniga sayohat!

"Portu" - "Krasnodar" uchrashuvi oldidan mezbon jamoa stadioni tomon sayohatga nima deysiz?

"Dragao" stadioni tashqi ko'rinishidan o'zgacha emas, ajoyib infrastrukturaga ega oddiy stadion. Arena savdo markaziga yaqin joyda va metro bekati qarshisida qad rostlagan. SHu sababli, stadionga borish juda oson.

"Dragao"ning yonida yoshlar jamaosi o'ynaydigan kichik stadion ham bor: ushbu jamoaning ham muxlislari talaygina va o'yin kunlari sevimli jamoasini qo'llab-quvvatlash uchun mahalliy muxlislar arenada jam bo'lishadi. Bunday holatni uncha-muncha yoshlar jamoasi stadionida uchratmaysiz!

Umuman olganda, "Portu" hamda "Benfika" muxlislar bilan qanday ishlash kerakligi bo'yicha talaygina klublarga namuna bo'la oladi.

Portu shahridagi stadion muzeyi ochilganiga ko'p bo'lmadi: 2013 yil sentyabrda, xolisona qarasangiz stadionga gap yo'q!

Stadionga kirish ana shunday o'ziga xos, takrorlanmas qilib qurilgan. Bunda quyidagi "insonlar" ulkan hissa qo'shgan bo'lib, siz ilk qadamlaringizdan moziyning mashhur bir bo'lagiga tegib o'tgandek bo'lasiz.

Unda nafaqat futbolga, balki sport ushbu turining barcha detallariga katta etibor qaratilgan. Juda ko'p sovrinlar, qiziqarli eksponatlar, turli artefaktlar, maxsus kinoteatr va hattoki Piterburgning "Zenit" klubi safida o'ynagan, bugungi kunda O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Axmedov bilan bir klubida to'p tepayotgan braziliyalik o'yinchi — Xalkning ham haykali mavjud.

Har bir sovrin yonida o'sha mukofotga oid malumot, videolar aks etgan maxsus ekranlar mavjud.

Albatta, muzeyda hammaga malum va mashhur CHempionlar Ligasi bosh sovrini uchun ham joy topilgan. Ha yana bir gap: bu erda futbol klubini shahardan ajratib bo'lmaydi.

Quyidagi suratda Xalk haykalini ko'rishingiz mumkin. SHuningdek, uning atrofida Portugaliya klubi muvaffaqiyatlariga katta hissasini qo'shgan yana o'ndan ortiq futbolchilarning figuralari bor.

CHipta narxi — 15 evro (stadion bo'ylab ekskursiya ham shuning ichida). "Da Lush"dagi ekskursiyadan farqli o'laroq, bu erda siz gid bilan birgalikda yurasiz. Bir tarafdan, bu biroz noqulay: ko'p vaqtingiz muzeyda o'tib ketadi. Biroq boshqa tomondan, juda qiziqarli va foydali malumotlarni bilib olishingiz mumkin.

Ekskursiya davomida jamoalar kiynish xonasiga kirishingiz, prezident lojasiga tashrif buyurishingiz, jamoa klub avtobusida safar o'yinlariga jo'nab ketadigan joyni tomosha qilishingiz mumkin. Ana shunday kunlarda muxlislar sevimli jamoalarini olqishlab, omad tilab, shovqin-suronda kuzatib qo'yishlarini alohida takidlab o'tish joiz.

Agar Portu shahriga borsangiz, albatta "Dragao" stadioniga tashrif buyuring. Ketgan vaqtingiz va naqdingizga achinmaysiz!


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика