"Portu" darvozaboni MYUga 75 million evroga tushadi
21 dek 2022 10:19
Yangiliklar
"Portu" darvozaboni MYUga 75 million evroga tushadi
Portugaliyalik futbolchi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
"Manchester Yunayted" "Portu" darvozaboni Diogu Koshtaga qiziqish bildirmoqda.
"Correio da Manha" xabariga ko'ra, darvozabon yanvarda qo'yib yuborilmaydi va yozgi transfer 75 mln evroga tushishi mumkin. Koshta yozda shartnomasi nihoyasiga etadigan David De Xea o'rinbosar ko'rilmoqda.
23 yoshli portugaliyalikning "Portu" bilan kelishuvi 2027 yilning yozida yakuniga etadi. Nufuzli Transfermarkt portali posbonni 35 million evroga baholamoqda.
Koshta joriy mavsum "Portu" safida barcha musobaqalarda 19 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol o'tkazib yubordi.
Fikrlar