

- Senga qaysi jamoalarning o'yini yoqadi?
- Menga “Real”, “Barselona”, “Manchester Siti” va “Liverpul”ning o'yinlari yoqadi. Ammo bularning o'rniga “Manchester Yunayted”ning o'yinini aytishni xohlagan bo'lardim.
- Qaysi o'yinchilar manzur keladi?
-Modrich, Kross, Messi. Messining “Uembli”dagi “Tottenxem”ga qarshi o'yinini ko'rib, yana Messi va Ronaldu bahslari haqida o'ylab qoldim.
-Seningcha kim zo'r?
-Messi. Ammo Ronaldu ajoyib. Ronalduning qilayotgan ishlari ham hayratlanarli. Unda tezlik va aniqlik bor. U gol uradi, jarimalarda zarbalar beradi. Biroq Messi boshqacha. Uning paslariga e'tibor bering - “Vauu”. Unda hamma zarur narsalar mavjud”,-deydi Pol Skoulz.


