So’nggi yangiliklar

00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  47 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  13 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2

Pogbadan Maxrezgacha: "Gavr" akademiyasining eng yaxshi tarbiyalanuvchilari Yangiliklar

Pogbadan Maxrezgacha: "Gavr" akademiyasining eng yaxshi tarbiyalanuvchilari

Franciya klubi akademiyasining eng yaxshi o'yinchilaridan tuzilgan ro'yxatni etiboringizga taqdim etamiz.

Franciyaning "Gavr" klubi hozirgi kunda Liga 2da o'ynaydi, ammo bu klub ajoyib tarbiyalanuvchilari tufayli o'z nomini tanita oldi. Bazi futbolchilar klubda qanday ajoyib o'ynasa, milliy jamoada ham shunday yuqori darajadagi o'yin namoyish eta oldi. Bu esa Gavr akademiyasida talim sifati qanchalik yuqori ekaniga yorqin dalildir. Gapni ko'p cho'zmaymiz. Xo'sh, qaysi o'yinchilar aynan shu akademiyada tahsil olgan? Quyida ular bilan tanishib chiqishingiz mumkin.


1. Pol Pogba

Gavrning eng mashhur futbolchisidan boshlaymiz. Pogba 2007 yilda "samoviylar" safiga borib qo'shildi. U akademiyada o'z iqtidorini to'liq ravishda namoyish eta oldi va qisqa fursat ichida Evropaning top-klublari etiboriga tushdi. Jumladan, u 2009 yilda "Manchester Yunayted"ga ko'chib o'tdi. Qolaversa, "Yuventus"da ham to'p tepdi, bir qator sovrinlarni qo'lga kiritdi. SHuningdek, 2018 yili Franciya termasi safida jahon chempioni nomiga sazovor bo'ldi.


2. Lassana Diarra

Boshqa ko'plab yaxshi futbolchilar singari Lassana ham futbol olamiga kirib kelishi qiyin kechgan, sababi kichkina va nimjon bolakayni bazi akademiyalar qabul qilishni istamagan. Gavr esa unga imkon berdi va 2004 yili uni qaydnomaga kiritdi. Diarra muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'ldi va o'ziga qulay bo'lgan poziciyada o'ynadi. Ko'p o'tmay, Joze Mourinyu qo'l ostidagi "CHelsi" jamoasi tomon yo'l oldi.

Lassana o'zini top darajada to'liq namoyish etishi uchun biroz vaqt kerak bo'ldi. U Madridning "Real" klubida o'zini to'liq ochib bera oldi (2009 yil). Keyin esa 2015/16 yilgi mavsum "Marsel"da yana bir bor o'zini ko'rsatib qo'ydi. Biroq keyin kamdan-kam asosiy tarkibda maydonga tusha boshladi va PSJga ketdi va o'sha erda 2019 yil faoliyatini yakunladi.


3. Floren Sinama-Pongol

Bu o'yinchi Reyunon orolida tug'ilgan, ammo mahallay klub "Sen-Perruaz" bilan hamkorlik doirasida "to'q ko'klar" safiga borib qo'shilgan. U akademiyada 6 yil davomida tahsil oldi. Keyin esa qarindosh akasi Antoni La Tallek bilan "Liverpul"ga o'tadi. Floren tengdoshiga qaraganda ko'proq maydonga tushadi.

Ikki o'yinchi ham Gavrga ijara huquqlari asosida qaytariladi. SHundan so'ng, Sinama-Pongol "Blekbern", "Atletiko Madrid", "Rostov" va "CHikago Fayr" kabi klublarda to'p tepadi hamda "Sen-Perruaz" jamoasida faoliyatiga nuqta qo'yadi.


4. Stiv Mandanda

Ko'pchilik Stivni "Marsel" darvozaboni sifatida yodga oladi. Lekin u ham "samoviylar"ning 70ta o'yinida maydonga tushgan.

U debyut uchrashuvning o'zida birorta ham to'p o'tkazmadi, bu esa futbolchini yorqin kelajak kutayotganining belgisi edi. U avvaliga 8 yil davomida "Marsel" darvozasini himoya qildi. 2016 yilda esa "Kristal Pelas"ga o'tib ketdi. U "burgutlar" tarkibida atigi 9 o'yinda maydonga tushdi. Keyin yana "Olimpik"ga qaytdi va jamoa sardori bo'ldi.


5. Mamadu Nyang

Mamadu Gavr akademiyasida o'qiganiga qaramay, professional darajada "Trua" klubida debyut qiladi. Ammo u o'z salohiyatini "Strasbur"da ko'rsata boshlagan, u erdan esa "Marsel"ga o'tgan.

Nyang fantastik o'yinchi bo'lib, hujumkor o'yin ko'rsatardi. Turkiya va Qatardagi faoliyatidan so'ng, senegallik Franciyaga qaytadi va "Arl-Avinon" jamoasida faoliyatini yakunlashga qaror qiladi.


6. Giyom Oaro

Xuddi Sinama-Pongol kabi Giyom ham "to'q ko'klar" safiga "Sen-Perruaz"dan keladi. Ammo unga imkoniyat berishlarini uzoq kutadi, sababi jamoadagilar uni jismonan tayyor emas deb hisoblashgan edi.

Oaro 20 yoshida professional shartnoma imzolab va nihoyat imkoniyatga ega bo'ldi. SHunda ham o'zini ko'rsata olishi uchun yana vaqt kerak bo'ldi. U muntazam ravishda asosiy tarkibga qo'shilish va gol urishdan avval, to'rtta murabbiy bilan ishladi va ijaraga berib yuborildi. U Parijda darhol etiborga tushdi va PSJ klubi 2008 yil o'yinchini sotib olishga qaror qildi.

Giyom 2014 yilda "Yang-Boyz" tomon yo'l oldi va haligacha o'sha erda to'p tepmoqda. SHuningdek, u SHveycariya klubining muhim o'yinchilaridan biri sanaladi.


7. Dimitri Paye

Paye haqida so'z ketganida, u "Vest Xem" va Evro-2016dagi ajoyib o'yinlaridan keyin yuqori darajadagi futbolchi bo'lganini alohida etirof etishadi.

U ham ko'pchilik o'yinchilar singari "Sen-Perruaz"dan o'zaro kelishuvga binoan "Gavr"ga ko'chib o'tadi. Biroq bu transfer unchalik ham omadli chiqmaydi. "Vest Xem"dagi faoliyatidan so'ng, Paye "Marsel"ga qaytdi va hamon muxlislarini xushnud  etib kelmoqda.


8. Karlos Kameni

16 yoshli darvozabon Olimpiada-2000da Kamerunga g'alaba qozonishda yordam berganidan so'ng, ko'p o'tmay "Gavr"ga borib qo'shiladi. Karlosni Aleksandr Vencelga o'rinbosar sifatida ko'rishadi, o'sha payt Vencel 30 yoshda edi. Ammo u asosiy tarkibga kirolmaydi va "Espanol"ga sotib yuboriladi. Uning o'rnini esa yuqorida ismi takidlagan o'yinchi — Mandanda egallaydi.

Kameni eng yaxshi afrikalik darvozabon sifatida etirof etilgan. Biroq 36 yoshida birorta klub bilan ham shartnoma imzolay olmadi. U so'nggi bor 2019 yil "Fenerbaxche" darvozasini himoya qilgandi.


9. Riyad Maxrez

Umuman olganda, Maxrez Gavr akademiyasida o'qimagan, yani 2009 yili "Kemper"da debyut qilgan. Biroq kelasi yil "samoviylar" safiga ko'chib o'tgan Riyad o'zini ko'rsatdi va "Lester" etiboriga tushdi.

2016 yili "tulkilar" APL g'olibi bo'ldilar, Maxrez esa APLning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. Oradan ikki yil o'tib, "Manchester Siti"ga o'tdi va hamon o'sha erda to'p tepmoqda.


10. Benjamen Mendi

Mendi akademiyada tahsil olgandan so'ng, "Gavr" klubida bir necha yil mobaynida professional darajada o'ynadi. Keyin esa ko'plab futbolchilar qatori "Marsel"ga borib qo'shildi.

U erdan esa "Monako"ga o'tadi. 2017 yilda esa "Manchester Siti" 52 million funt sterling evaziga Benjamenni sotib oladi. Francuz hozirgacha APL g'olibi hamda Franciya safida jahon chempioni nomiga sazovor bo'ldi.


11. Jan-Alen Bumsong

Bumsong "Nyukasl", "Yuventus" va "Lion"da o'ynagan, lekin faoliyatini aynan "Gavr"da boshlagan. O'sha yillari, yani 1999 yili Franciya yoshlar termasiga ham qabul qilinadi.

"Samoviylar" Liga 2ga tushib ketganlaridan so'ng, u jamoadan ketadi. U Franciya Kubogini qo'lga kiritgan, SHotlandiya chempionati hamda Franciya chempionatida g'olib chiqan.


12. Vikash Doraso

Ehtimol, Vikash hamma eslaydigan futbolchi emasdir. Biroq to'p uning oyoqlari ostiga kelib tushganida, barcha uni Liga 1ning eng yaxshi driblerlaridan biri sifatida hisoblardi.

Vikash ikki marta Franciya chempioni bo'lgan. Lekin undan qolgan haqiqiy meros — "O'rinbosar" hujjatli filmidir. Kinoda 2006 yilgi Jahon CHempionatida uning Franciya termasidagi o'rni haqida so'z yuritilgan.


13. Suleyman Dyavara

Bu markaziy himoyachi "Gavr"ning 100ta o'yinida maydonga tushgan. Ammo "to'q ko'klar" quyi divizionga tushib ketganidan so'ng, u "Sosho" klubiga o'tib ketadi.

U "Sosho" bilan Franciya Liga Kubogini qo'lga kiritgan bo'lsa, "Bordo" va "Marsel" safida Franciya chempioni bo'lishga muvaffaq bo'ladi. Angliyadagilar uni "CHarlton Atletik"dagi o'yinlari tufayli yaxshi tanishadi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика