Pogba: "Bolaligimda "Arsenal"ga muxlislik qilganman"
15 apr 2020 06:48
Yangiliklar
Pogba: "Bolaligimda "Arsenal"ga muxlislik qilganman"
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba bolaligida "Arsenal"ni qo'llab-quvvatlaganini tan oldi.
"To'g'risini aytaman, avvaliga men "Arsenal" muxlisi bo'lganman. Aniqki, mening mehrim jamoada o'ynagan barcha francuz o'yinchilari sabab yuzaga kelgan. Biz akam bilan "Arsenal" muxlisi edik, lekin boshqa akam "Manchester Yunayted"ni yoqtirardi. Men Terri Anrining o'yinlarini yaxshi ko'rardim, aynan shu sabab "Arsenal" muxlisi bo'lganman. Keyinroq mening didim o'zgardi va men ikkinchi akam bilan birga MYUga ishqibozlik qila boshladim", - deya Pogbaning so'zlarini keltirdi "Manchester Yunayted" rasmiy sayti.
Pol Pogba joriy mavsum APLda 7ta o'yinda ishtirok etdi va ikkita golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar
11:39
"Real" keyingi yozda "Manchester Siti" etakchisini sotib olish uchun barcha imkoniyatni ishga soladi 11
Fikrlar