Pochettino: "Umid qilamanki, Neymar "Real"ga qarshi o'yinda hech bo'lmasa zaxirada o'tiradi"
13 fev 2022 14:49
Yangiliklar
Pochettino: "Umid qilamanki, Neymar "Real"ga qarshi o'yinda hech bo'lmasa zaxirada o'tiradi"
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Rochettino jarohatidan forig' bo'layotgan Neymar borasida gapirdi.
- Neymar "Real"ga qarshi o'yinda qatnashadimi?
- Bilmadim. Uning yaqin bir-ikki mashg'ulotdagi holatiga etibor beramiz. Balki u qaydnomada bo'lar. Umid qilamanki, u hech bo'lmasa zaxirada o'tiradi. Neymarning tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda.
30 yoshli braziliyalik futbolchi 28 noyabrdan buyon jarohati sababli o'yinlarda qatnashayotgani yo'q.
Fikrlar