Pochettino: "Tottenxem" bilan sovrinlar yutishni xohlardim"
30 apr 2020 10:20
Yangiliklar


Pochettino: "Tottenxem" bilan sovrinlar yutishni xohlardim"
Maurisio Pochettino murabbiylik faoliyatiga qaytishni xohlashi haqida gapirdi.
"Albatta, sabrsizlik bilan murabbiylik faoliyatimni davom ettirishni kutmoqdaman. Men yangi loyihalarga qiziqaman, lekin aslida "Tottenxem"ga qaytishni xohlagan bo'lardim.
Balki, 5 yildan keyindir yoki 10 yil, ammo umid qilamanki men yana "Tottenxem"ni shug'ullantirish imkoniyatiga ega bo'laman. Men bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislar hurmati jamoa bilan sovrinlarni yutishni xohlayman", - deydi Pochettino.
Eslatib o'tamiz, argentinalik mutaxassis "shporlar"dan 2019 yilning 19 noyabrida ketgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar