Pochettino: "Tottenxem" "Barselona"ni mag'lub etishiga ishonaman"
29 noy 2018 10:36
Yangiliklar


Pochettino: "Tottenxem" "Barselona"ni mag'lub etishiga ishonaman"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Inter"ga qarshi bo'lib o'tgan CHempionlar ligasining 5-tur uchrashuvi (1:0) haqida fikr bildirdi.
"Tottenxem" yaxshi o'yin ko'rsatdi va g'alabaga haqli edi. "Inter" ham yuqori darajada o'ynadi. Ularni mag'lub etish juda qiyin. Futbolchilarim maqtovga loyiq deb o'ylayman. Uchrashuvda biz ustunlik qildik. Endi hammasi o'zimizga bog'liq.
O'zimiz haqimizda o'ylab, keyingi uchrashuvga iloji boricha yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. "Barselona"ga qarshi bahsda g'alaba qozona olishimizga ishonaman" - deydi Pochettino.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar