Pochettino: "Infantino AQSH prezidentiga Jahon chempionatida g'olib bo'lishimiz mumkinligini aytdi. Bu javobdan biroz xafa bo'ldim"
18 mar 2025 21:15
Yangiliklar
Pochettino: "Infantino AQSH prezidentiga Jahon chempionatida g'olib bo'lishimiz mumkinligini aytdi. Bu javobdan biroz xafa bo'ldim"
AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino 2026 yilgi Jahon chempionatida bo'ladigan bosim haqida gapirdi. Murabbiy AQSH va FIFA prezidentlari o'rtasidagi suhbat haqida ham o'z fikrini bildirdi.
"Men AQSH prezidenti Donald Tramp va FIFA prezidenti Janni Infantino o'rtasidagi suhbatni eshitdim. Tramp FIFA prezidentidan "Biz Jahon chempionatida g'olib bo'la olamizmi?" deb so'radi. Infantino esa "Ha" deb javob berdi. Bu javobdan xafsalam pir bo'lib ketdi, biroz xafa bo'ldim. Infantinodan "Bu savolni murabbiyingizdan so'rang, u xolisroq javob beradi", -degan javobni kutgandim.
Mezbon bo'lganimiz uchun bosim bo'lishi aniq. Bu millat g'alaba bilan to'la, mentalitet faqat g'alabani qabul qiladi. Amerikaliklar nimada ishtirok etishsa, ular faqat g'alabani istashadi. Bu esa boim berishi aniq. Demak, biz bu jarayonda adrenalin his qilamiz", -deydi Maurisio Pochettino.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar