Pochettino MYUni boshqarishni istamoqda

Mirjalol Normatov
3 dek 2019, 21:55
Murabbiy Maurisio Pochettino "Manchester Yunayted"ni boshqarishni istamoqda.

"Manchester Evening News" xabariga ko'ra, argentinalik mutaxassis o'tgan yili Joze Mourinyo iste'foga chiqarilganidayoq MYUni boshqarishni istagandi.

Ammo hozirda uning qaytishiga to'siq bo'layotgan narsa, uning "Tottenxem" bilan kelishuvi bo'lmoqda. Unga ko'ra, murabbiy ushbu mavsumda APLda ish boshlamasligi kerak. Shunday bo'lgan taqdirda u "shporlar" hisobiga 12 million to'lashi shart bo'lib qoladi.

Ayni damda MYU bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher iste'fo xavfi ostida turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Manchester Evening News