Pochettino Italiyada ish boshlashi mumkin
16 iyu 2020 22:29
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/581753_original.jpg)
![](/upload/storage/581753_220.jpg)
Pochettino Italiyada ish boshlashi mumkin
"Tottenxem"ning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Italiyaning top-klublaridan birida ish boshlashi mumkin.
"Telegraph" xabariga ko'ra, argentinalik mutaxassis "Yuventus" va "Inter" bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlardan biri bo'lib turibdi. Hozirda ushbu ikki klub bosh murabbiylarning ishidan mamnun emas. Sarri kutilganidek o'yin ko'rsatadigan jamoa yarata olmadi, Konte esa yuklatilgan vazifalarni uddalamadi.
Pochettino o'tgan yilning kuz oyida "Tottenxem"dan ketgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar