Pochettino APLga taklif berdi
09 avg 2019 22:41
Yangiliklar


Pochettino APLga taklif berdi
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino APL rahbariyatiga transferlar oynasi borasida qo'yilgan taqiqni olib tashlash taklifi bilan chiqdi.
Qayd etib o'tamiz, ketma-ket ikkinchi mavsumdirki, APLda transferlar oynasi mavsum startida yopilmoqda. Ushbu muddatdan keyin jamoalar yangi futbolchilarni ro'yxatga olisholmaydi, ammo o'z o'yinchilarini boshqa chempionatlarga sotib yuborishlari mumkin.
"Biz transferlar oynasi yopiladigan oldingi sanani qaytarishimiz kerak. APL Evropaning boshqa davlatlariga bu borada imkoniyat berib qo'ymasligi kerak. Ularda transferlar qilish uchun yana 20 kun vaqt bor. Bu esa chempionatlar o'rtasidagi muvozanatni buzmoqda", - dedi Pochettino.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar