Platini Superliga haqida: "Klublarda o'z turnirlarini tashkil etib, UEFA ligalarini rad etish huquqi bor"
10 iyu 2021 08:08
Yangiliklar
Platini Superliga haqida: "Klublarda o'z turnirlarini tashkil etib, UEFA ligalarini rad etish huquqi bor"
UEFAning sobiq prezidenti Mishel Platini Evropa Superligasi bilan bog'liq vaziyatga izoh berib o'tdi.
UEFA va Superliga o'rtasida yuzaga kelgan ziddiyatdan hayronman. 50 yil davomida klublar evrokuboklar formulasini o'zgartirmoqchi bo'lishdi va bu safar shunga erishishdi. Ammo OAV va muxlislar tomonidan bildirilgan qattiq munosabat sabab barchasi yana boshi berk ko'chaga kirib qoldi.
Muxlislar va OAV UEFA qila olmagan ishni amalga oshirdi - klublarni birlashtirdi.
Fikrimcha, klublarda o'z turnirlarini tashkil etib, UEFA va FIFA musobaqalarida qatnashmaslik huquqi bor", - dedi UEFAning sobiq rahbari Mishel Platini.
Fikrlar