⚡️ Vanihoyat, Blatter va Platini oqlandi!

Eldor Akmurzayev
9 iyul 2022, 09:15
FIFA sobiq rahbari Yozef Blatter va UEFA sobiq prezidenti Mishel Platini aybsiz deb topildi.

Blatter hamda Platini firibgarlik, noto'g'ri boshqaruv, ishonchni suiistemol qilish va qimmatli qog'ozlarni qalbakilashtirishda ayblangandi.

Kecha, 8 iyulda esa Shveytsariya sudi sobiq rahbarlarni aybsiz deb topib, ularni oqladi.

Avvalroq, Shveytsariya Bosh prokaraturasi Blatter va Platinini 2011 yilda 2 mln shveytsariya franki (taxminan 2,08 mln dollar)ni noqonuniy ravishda o'zlashtirganlikda ayblagandi. Ular buni rad etib, to'lov Platinining 1998-2002 yillardagi konsalting faoliyati bilan bog'liqligini takidlashdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Reuters