Piter Xyuistra: "Yosh futbolchilar o'yinga energiya bera olishdi"
29 apr 2021 22:23
Yangiliklar
Piter Xyuistra: "Yosh futbolchilar o'yinga energiya bera olishdi"
Piter Xyuistra: - Turnirda oxirgi o'yinni o'tkazdik. Yosh futbolchilarga imkoniyat berdik. Ular o'yinga energiya bera olishdi deb o'ylayman. Yoshlar har bellashuvda barqaror o'ynamasligi mumkin, lekin o'zlariga kerakli tajribani to'plab borishadi. Bazi uchrashuvlarda kutilgan natijaga erisha olmadik, biroq yaxshi futbol namoyish etishga intildik. Endi Toshkentga qaytib, chempionatning navbatdagi bahsiga hozirlik ko'ramiz.
Ikki o'yinda g'alabani oxirgi daqiqalarda qo'ldan chiqardik. O'sha yutuqlarni saqlay olganimizda to'rt ochko ko'proq jamg'arishimiz mumkin edi. Albatta, o'tgan yilgi tarkib bilan hozirgisi o'rtasida farq bor. CHempionlar Ligasida bir bellashuvda yutqazdik, ammo tashabbus bilan o'ynagan holda bazi bellashuvlarni yuta olmadik. Yoshlar esa mavsum davomida bizga yordam berishda davom etishadi. Ular jamoa o'yin uslubiga moslashib borishmoqda.
Fikrlar