So’nggi yangiliklar

17:13“Хоразм” мураббийи Сергей Токов: “Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири”  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  0 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  5 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  8 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2

Piter Xyuistra: "Rashidov, Turg'unboev va Temirovning harakatlari meni xursand qilmoqda" Yangiliklar

Piter Xyuistra: "Rashidov, Turg'unboev va Temirovning harakatlari meni xursand qilmoqda"

Toshkentning "Paxtakor" jamoasi bosh murabbiyi Piter Xyuistra Superliganing ikkinchi turidan o'rin olgan "Mashal" bilan o'yindan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.





"Avvalambor xayrli kech. Biz yana uchta gol urdik va navbatdagi uch ochkoni qo'lga kiritdik. Darvozamiz dahlsizligini saqlab qolganimizdan xursandmiz. O'z maydonimizdagi birinchi o'yin doim katta ahamiyatga ega. O'yinni yaxshi boshladik va to'pni nazorat qildik. Raqib darvozasi oldida tez-tez hujumlar uyushtirdik. Birinchi goldan so'ng o'yin suratini tushirgan holda osonroq o'ynashga o'tdik, desam mubolag'a bo'lmaydi. Hisobdan ham, o'yindan ham qoniqdim. Endilikda AGMK bilan o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz".

- Aziz Turg'unboev uchinchi o'yindirki jamoaning o'yin uslubiga moslashib keta olmayapti. Bu holat nima bilan bog'liq?
- Yangi kelgan futbolchilarning jamoaga moslashishi oson emas. Sardor Rashidov, Aziz Turg'unboev, SHerzod Temirov moslashish jarayonini boshidan o'tkazmoqda. Buning uchun ko'proq mehnat qilish kerak. Lekin ularning harakatlari meni xursand qilmoqda.

- Eren Derdiyok ikkinchi bo'limda to'p uchun kurashmay qo'ydi...
- To'g'ri u bugun gol ura olmadi. Jamoangizda shunday hujumchi bor ekan, har doim raqib himoyachilarini sarosimada ushlab tura olasiz. U jamoa uchun katta mehnat qildi.

- Igor Sergeevning jamoani tark etishi sizning qaroringizmi yoki futbolchining qarori?
- Har qanday holatda ham jamoaning byudjetidan kelib chiqib ish tutiladi. Klubdagi byudjetga qarab futbolchi qidirasiz. Biz bu borada o'zimizga mos futbolchi topmadik. Lekin ularning o'rnini to'ldira oladigan yoshlar bor. Bu ular uchun yaxshi imkoniyat. Bugun ham Ibrohimhalil Yo'ldoshev, Xojimat Erkinov kabi yoshlarni murabbiy sifatida o'stirishim kerak. Bu biz uchun foydali bo'lishi mumkin. O'tgan mavsumlarda zaxira o'rindig'imizda tajribali futbolchilar bor edi. Ammo joriy mavsum yo'qotishlardan so'ng zaxiramizdan yoshlar o'rin oldi. Yoshlar va yangi futbolchilarni tezda uslubimizga moslashtirgan holda OCHLda o'z darajamizni saqlab qolishimiz kerak. "Nasaf" bilan kechgan startdagi ikki o'yin biz uchun keskin o'tdi. Bugun biroz osonroq bo'ldi. CHunki tezda gol urib oldik. AGMK bilan o'yin ham shunday keskin shiddatlarga boy o'tishini tahmin qilyapman. Yangi darajaga chiqib borsak oldimizdagi katta sinovdan o'tib olgan bo'lamiz.

- "Nasaf" bilan kechgan va bugungi o'yinlar o'rtasida qanday farq ko'rdingiz?
- Har bir o'yin o'rtasida katta farq bo'ladi. Bugun meni xursand qilgani ilk daqiqadan boshlab futbolchilar o'zlarining eng yaxshi jihatlarini ko'rsata olishdi. Lekin AGMK kuchli raqib, ular bilan o'yin boshqacha kechishi mumkin. 


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика