So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  3 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  28 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

Piter Xyuistra: "Klub rahbariyati jamoani SHotadan keyin qabul qilishni so'raganidan faxrlanaman" Yangiliklar

Piter Xyuistra: "Klub rahbariyati jamoani SHotadan keyin qabul qilishni so'raganidan faxrlanaman"

"Paxtakor" bosh murabbiyiga aylangan Piter Xyuistra o'zining tayinlanishi, tarkib, yig'in va jamoa ishqibozlari xususida fikrlarini bildirdi.

- "Paxtakor" bosh murabbiyi bo'lganimdan xursandman va klub rahbariyati jamoani SHotadan keyin qabul qilishni so'raganidan faxrlanaman. Ular men bilan "Paxtakor" oxirgi uch yarim yilda amalga oshirgan rivojlanish yo'lini davom etishini bilishadi. Men buni davom ettiraman, o'yin uslubimiz saqlanib qoladi, ehtimol yaxshiroq ham bo'ladi. Bu futbolchilar uchun ham yaxshi, chunki biz ishlab kelgan yo'limizda davom etamiz.

Yanvar hamisha futbolchilar jamoalarini almashtiradigan davr. "Paxtakor"da ham har yili kimdir ketadi va boshqalar keladi. Faqat ketgan o'yinchilar o'rnini yaxshi saviyadagi futbolchilar bilan to'ldirish kerak. Bu o'ziga xos sinov. Bu yil ham shunday.



Futbolchilar yaxshi dam olishdi va tatildan qaytishdi. Ular dam olish davrida ham malum hajmda ishlashdi. Endi birgalikda chempionatni boshlash uchun tayyorgarlik ko'ramiz. SHuningdek, Osiyo CHempionlar Ligasiga yaxshi holatda hozir bo'lishga intilamiz.

Bu erda o'tkazgan davrimda ko'plab muxlislar bilan tanishdim, ular bilan yaxshi munosabatdaman. Umid qilamanki, kelayotgan mavsumda ham ular bilan aloqalarimiz yaxshi bo'ladi. Biz ulardan qo'llab-quvvatlash olamiz. Bu juda muhim. Futbol klubi ham aslida ishqibozlar degani. Birgalikda ajoyib mavsum o'tkazamiz deb umid qilaman, - deydi Piter Xyuistra "Paxtakor" matbuot xizmatiga. 

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика