So’nggi yangiliklar

16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  0 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  5 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  9 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  19 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  3 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  13 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  10 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  3 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  5

Pirlo: “Yuventus” 20 daqiqadan keyin o'ynay boshladi” Yangiliklar

Pirlo: “Yuventus” 20 daqiqadan keyin o'ynay boshladi”

“Yuventus” bosh murabbiyi Andrea Pirlov A seriya 26-turi doirasida “Lacio” (3:1) ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.

“Biz o'yinni yomon boshladik, orqa chiziqqa noqulay to'p uzatilganidan keyin gol o'tkazib yubordik. Ammo tarkibimizda bir qator etakchi futbolchilar yo'q bo'lishiga qaramay, jamoa tezda o'ziga kelib oldi va kutilgan o'yinni ko'rsatib berdi.

Goldan keyin tashabbusni o'z qo'limizga olishga urindik, doimiy tarzda o'yin tempini oshirdik va bu muhim edi. Bu bahs finalga teng ekanligini bilardik, ayrim futbolchilar o'zlari uchun biroz boshqacharoq poziciyada harakat qilishlariga qaramay, yigitlar g'alaba uchun borini berishdi. 

Muhimi uch ochkoni qo'lga kiritdik. Danilo maydon markazida o'ynashga tayyor edi, Bernardeski esa chap qanot himoyasida ko'rsatgan o'yini tahsinga loyiq. Barchasidan ham jamoaning g'alabaga bo'lgan ishonchi menga ko'proq yoqdi. SHunday muhim bellashuvda jamoa mag'lub bo'lib turishiga qaramay, yigitlar murosasizlik bilan g'alaba uchun harakat qilishdi. Bunday kayfiyatning to'p tepishni judayam qadrlayman.

Bugun biz o'yinni 20 daqiqadan keyin boshladik. Bir qator futbolchilarimiz endi safga qaytgani, ayrimlar esa o'zlari uchun begona bo'lgan poziciyada harakatlangani bunga sabab bo'ldi deyish mumkin. Ammo bitta tarkib bilan bir necha yillardan buyon to'p tepayotan “Lacio”ga qarshi bunday o'yin ko'rsatish oson ish emas”, dedi  Pirlo.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика