Pirlo faoliyatini yakunlagandan so'ng nimalar bilan shug'ullanayotganligini aytib o'tdi
31 may 2019 14:59
Yangiliklar


Pirlo faoliyatini yakunlagandan so'ng nimalar bilan shug'ullanayotganligini aytib o'tdi
"Milan", "Yuventus" va Italiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Andrea Pirlo professional faoliyatini yakunlagandan so'ng nimalar bilan shug'ullanayotganligini aytib o'tdi.
"Men futboldan zerikmayapman. Men ajoyib vaqtda faoliyatimni yakunlagandim. Televideniyada ekspert sifatida ishlayapman va o'zim uchun ham vaqt topishga harakat qilyapman. Oilam va do'stlarim bilan birga bo'lishni yaxshi ko'raman. Murabbiylik kurslariga qatnayapman. Sentyabrda oxirgi licenziyamni olaman va shundan keyingina ishlashim mumkin bo'ladi", - deydi 40 yoshli italiyalik.
Eslatib o'tamiz, Pirlo 2017 oxirida butsalarini mixga ilgan edi. Uning so'nggi jamoasi "Nyu-York Siti" bo'lgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar