Pioli Zlatan nega operaciyaga rozi bo'lganini tushuntirdi. U 7-8 oyga safdan chiqqan
30 may 2022 08:10
Yangiliklar
Pioli Zlatan nega operaciyaga rozi bo'lganini tushuntirdi. U 7-8 oyga safdan chiqqan
“Milan” ustozi Stefano Pioli jamoa forvardi Zlatan Ibragimovichning holati haqida gapirdi.
“U jarrohlik stoliga yotishni xohladi, chunki u oxirgi oylarda juda azob chekdi. Zlatan bizga o'sishga yordam berdi, u butun jamoaga shunday mentalitet va ishonch bag'ishladi. U futbolda men tanigan eng aqlli va qoyilmaqom insondir.
Zlatan operaciyaga rozi bo'ldi, boisi u o'ynashda davom etmoqchi hamda uning futbolga hali beradigan narsasi bor”, deydi Pioli.
40 yoshli hujumchining “rossonerilar” bilan shartnomasi 30 iyunda yakunlanadi. Klub shved bilan bitimni yana bir mavsumga uzaytirishi kutilmoqda.
Fikrlar