Pioli: "Milan" o'yinni nazorat qildi"
28 sen 2023 01:05
Yangiliklar
Pioli: "Milan" o'yinni nazorat qildi"
"O'yinni yaxshi boshladik, hisobda oldinga chiqib olishimiz mumkin edi, biroq aniq harakat qila olmadik. Keyin kichik ehtiyotsizlik sababli gol o'tkazib yubordik.
Bahsni o'z tomonimizga og'dirish uchun yaxshi mehnat qildik, o'z qonunlarimiz yo'lida harakat qildik va oson bo'lmagan g'alabaga erishdik.
Hozir qo'l ostimdagi futbolchilar unchalik ko'p emas, biroq ushbu holat menga yoqishi ham mumkin. Etarli bo'lmagan futbolchilar ham o'yinga tayyor holatda. Balki kerakli vaqtdagi rotaciya o'z rolini o'ynashi mumkin, ammo bu holat ham o'z mevasini berishi mumkin. Futbolchilarda yuqori ishtiyoq bo'ladi va jarohat olmaslikka harakat qilishadi.
Birinchi bo'limda katta xavf olganimiz yo'q, agarda golni hisobga olmasak, ehtiyotkor o'ynadik. Ikkinchi bo'limda esa ko'p xatoga yo'l qo'ydik, 95 daqiqa mobaynida o'yinni nazorat qila olmadik. Albatta, yaxshiroq o'ynay olishimiz mumkin edi", - dedi Pioli.
Fikrlar