So’nggi yangiliklar

21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  0 21:35Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23 3:1 (матнли трансляция)  13 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  7 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  14 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  2 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  4

Pim Verbek: "Biz zo'r o'ynadik, kamida 1 ochkoga munosib edik" Yangiliklar

Pim Verbek: "Biz zo'r o'ynadik, kamida 1 ochkoga munosib edik"

Osiyo Kubogi doirasidagi O'zbekiston - Ummon (2:1) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida ummonliklar ustozi Pim Verbek ishtirok etdi.

"Biz bugun yaxshi o'yin ko'rsatdik. Birinchi taymda ikkita yaqqol vaziyat yaratdik, o'yin tomonlama biz ustunlik qildik. O'zbekiston jarima zarbasidan unumli foydalandi. Bu taraflama ularga omad kulib boqdi. Umuman olganda biz zo'r o'ynadik, hujumlar uyushtirdik. O'yindan kelib chiqsak, kamida bir ochko ishlashga munosib edik. Birinchi o'yin bo'lgani uchun ozgina hayajon sezildi. Buyog'iga asosiy etiborni kelgusi bellashuvlarga qaratamiz. Yaponiya va Turkmanistonga qarshi o'yinlarda 4 ochko olishni istaymiz. Agarda bu reja amalga oshsa, unda guruhdan chiqishni uddalasak kerak deb o'ylayman

Biz juda ko'plab o'yinlarda qator vaziyatlar yuzaga keltiramiz. Ammo hujumlarga oxirgi nuqtani qo'yishda oqsayapmiz. Yaratilayotgan vaziyatlarni golga aylantirish muammosi bizga pand bermoqda", - deya o'yin haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi Pim Verbek.

- O'zbekiston siz kutgan o'yinni namoyish etdimi? (Xayrulla Xoliqov, "championat.asia")

Raqib birinchi bo'limdan gol urib olganidan so'ng to'liq himoyaga yotib oldi. Umuman olganda uchta imkoniyatdan ikkita gol urdi va bu yutuq uchun etarli bo'ldi. Futbolda eng muhimi natija. Biz bugun chiroyli o'ynagan bo'lishimiz mumkin, ammo yakunda bu naf bermadi. Raqib esa sanoqli vaziyatlardan naf chiqara oldi. Bugun kechqurun Yaponiya - Turkmaniston uchrashuvini ko'rib, tahlil qilaman. Ertaga esa o'zimizni o'yinni tomosha qilib, uchrashuvni to'liq tahlil qilamiz.

Reyting: +71   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика