“Pike qoida buzmagandi”
28 iyu 2020 08:05
Yangiliklar


“Pike qoida buzmagandi”
Ispaniyalik sobiq hakam Xuan Anduxar Oliver “Selta” – “Barselona” (2:2) uchrashuvida kataloniyaliklar darvoza tomon belgilangan jarima zarbasi haqida gapirdi.
Bellashuv yakunlanishiga bir necha daqiqalar qolganida Jerar Pike o'z jarima maydonchasi yaqinida raqib futbolchisi Rafinyaga “podkat” ishlatib, to'pni undan olib qolishga harakat qildi. Natijada aynan o'sha vaziyatda belgilangan jarima to'pidan keyin Yago Aspas “Barselona” darvozasini ishg'ol etib, bellashuvni durang bilan yakunlanishini taminladi.
“Pike Rafinyani to'xtatish maqsadida maydonga sirpandi. Ammo o'sha vaziyatda jarima tshpi belgilash uchun futbolchilar o'rtasida etarlicha “kontakt” bo'lmagandi. “Selta” futbolchisi esa jarima zarbasi ishlash uchun maydonga quladi va hakam “Barsa” futbolchisi qo'pollik ishlatganini qayd etib, xato qaror qabul qildi”, deya Anduxar Oliver.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar