

Ayniqsa Jahon chempionatidan so'ng uning turli jamoalarga o'tishi borasida xabarlar ko'paydi. "Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov kecha "Qizilqum"ga qarshi o'yindan so'ng bu borada fikrini bildirdi.
"Unga Rossiyaning "Rubin" klubidan xat keldi. O'z navbatida biz ham bu xatga javob berdik. Xullas har ikkala klub futbolchi transferi bo'yicha kelishib oldik. Endi hamma gap O'rozovning o'zida qoldi. Jahongir tez orada "Rubin" bilan shartnoma imzolashi mumkin",- deydi Vadim Karlenovich.



