Pike: "Menda Gvardiola va Luis Enrike bilan muammo bo'lmagan"
02 iyu 2015 14:47
Yangiliklar


Pike: "Menda Gvardiola va Luis Enrike bilan muammo bo'lmagan"
"Barselona" himoyachisi Xerard Pike hech qachon Kataloniya klubi murabbiylari bilan muammo bo'lmagani haqida so'zladi.
"Agar futbolchi doimo asosiy tarkibda bo'lib, keyinroq bir nechta uchrashuvda ishtirok etmasa, u va murabbiy o'rtasida muammo bor deb o'ylashadi. Hech qachon hech qaysi murabbiy bilan kelisha olmay qolmaganmiz. Gvardiola bilan mening oramizda muammo borligini aytishgan edi, ammo bunday emas. Bu shunchaki murabbiyning qarori va biz bu qarorni hurmat qilishimiz lozim" - deydi Pike.

Fikrlar