So’nggi yangiliklar

20:09Суперлига. "Бунёдкор" — ОКМК 1:0 (матнли трансляция)  5 19:49"Реал" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр  1 19:20Ван Дейк Слотнинг "Ливерпул"даги ишини юқори баҳолади  0 18:47Гринвуд Дрогбанинг натижасини такрорлади  1 18:21"Реал"га "Бавария" вингерининг хизматлари таклиф этилди  2 17:58"Андижон" ва "Навбаҳор" стадионларига томошабинларнинг киришига қисман тақиқ қўйилди, Бошкович, Алибоев ва Адҳамзодага жарима солинди  24 17:10Хуммельс Италия ва Германиядаги футбол услубини солиштирди  1 16:42Аббос Файзуллаев ўйинидаги пасайиш юзасидан тушунтириш берди  7 16:15Санчонинг "Челси"даги тақдири маълум бўлди  0 15:53Ўзбекистоннинг энг кучли кўча футболи жамоаси аниқланди. Бу жамоа энди Австрияга боради  1 15:37"Фантастик жамоа". Пеп Гвардиола "Ливерпул"ни чемпионлик билан табриклади  5 15:10Ғузордаги стадионга катта футбол қайтади  3 14:46Ўзбекистон Кубоги 2-тур учрашувларида ишловчи ҳакамлар маълум  0 14:26Арне Слот дебют мавсумидаёқ "Ливерпуль" билан АПЛни ютди. Яна кимлар бундай натижага эришган?  5 14:02"Пахтакор" бир киши кам қолган ва "Шўртан"ни кичик ҳисобда ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

PFLga ikkinchi murojaat: Qaydnomalarni asl nusxasini bering yoxud "Neftchi"ga texnik mag'lubiyat yozilishi kerakmi? Yangiliklar

PFLga ikkinchi murojaat: Qaydnomalarni asl nusxasini bering yoxud "Neftchi"ga texnik mag'lubiyat yozilishi kerakmi?

Kecha Farg'onaning "Neftchi" klubi Superliganing 10-turida "Metallurg"ni 3:0 hisobida taslim qildi.

Ushbu o'yin uchun "Neftchi"ga texnik mag'lubiyat yozilishi kerak. Agarda PFL rasmiy saytiga qarasangiz shunday. Aslida esa texnik mag'lubiyat yozilishiga sabab yo'q. CHalkashib ketdingizmi?

Kecha men ham chalkashib ketdim. Gap shundaki, kechagi o'yindan oldin "Neftchi" yarim himoyachisi Oybek Qilichev hisobida 4ta sariq kartochka bor edi. Reglamentga ko'ra futbolchi "Metallurg" bilan o'yinni o'tkazib yuborishi kerak edi. Biroq futbolchi qaydnomadan o'rin oldi va bahs oxirida hatto maydonga ham tushdi.

Biroq yarim soatcha vaqt ketkazib, o'yinning to'liq videolarini ko'rib chiqqanimdan keyin Qilichevda sariqlar soni 4ta emas, 3ta ekani oydinlashdi. 1-turda "Qo'qon-1912"ga qarshi bahsda Qilichev sariq kartochka olmagan (o'sha daqiqada Abbos G'ulomov ogohlantirilgan). O'yinning rasmiy, hakamlar to'ldiradigan protokolida ham shunday qayd etilgan. PFL saytida esa hozir ham Qilichevda 4ta sariq kartochka turibdi.




SHaxsan o'zim statistika bilan shug'ullanishim bois rasmiy protokolni elektronlashtirish (saytga joylashtirish) qanchalik qiyinligini bilaman. Birgina, kichkinagina xato mana shunday katta xatolarni keltirib chiqaradi. Bu xuddi minora qurishdek gap, birgina g'ishtni noto'g'ri qo'ysangiz qulab tushadi.

Yil boshida klub matbuot xizmati vakillari ishtirokidagi seminarga borganimda ilk bor PFLga murojaat qilgandim: "Iltimos hakamlar to'ldiradigan rasmiy protokol rasmini yoki PDF variantini saytga joylashtiringlar, shunda sariq kartochkalarni tekshirish jarayonida hech qanday tushunmovchiliklar bo'lmaydi. CHunki yuqorida aytganimdek saytga kiritishda istaysizmi yoki yo'qmi xato bo'ladi. Rasmiy saytdagi xato katta oqibatlarga olib kelishi mumkinligi barcha yaxshi biladi.

O'tgan yil xuddi shunday holat Marko Stanoevich bilan sodir bo'lgandi.

Undan keyin PFL saytida xatolik ketgan bo'lsa, jurnalistda nima ayb? nomli maqola ham chiqqandi.

Mana bu yil ham shunday narsa sodir bo'lmoqda. PFL vakillari bu safar protokollarni o'zini saytga joylashtirish haqida jiddiy o'ylab ko'rishlarini so'rab qolaman. Agar protokolda qandaydir sirli joyi bo'lsa mayli u joyini berkitib rasmga oling va ommaga ochiq holda taqdim eting. Ishoning mana shu harakatingiz bilan yanada shaffoflashgan bo'lasiz!

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика