So’nggi yangiliklar

00:53"Барса" 2016 йилнинг декабридан бери илк бор 7+ тўп фарқи билан ғалаба қозонди  0 00:20АПЛ. Иккита тўп фарқи билан ғалаба қозонаётган "Эвертон" ўйиннинг сўнги дақиқаларида 3 та гўл ўтказиб оғзидаги ошни олдирди  6 00:10Ла Лига. "Атлетик" — "Атлетико" ўйини тақдирини 90+2 дақиқадаги гол ҳал қилди  7 00:02РПЛ. "Ахмат" ва "Акрон" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Эсанов 62-дақиқада майдонга тушди  1 23:52РПЛ. "Рубин" ўн киши бўлиб қолган "Спартак"дан тўп ўтказиб, мағлубиятга учради, Ашурматов ва Раҳмоналиев эса...   2 23:48Расман: Жейдон Санчо янги клуби билан шартнома имзолади  3 23:44Бундеслига. "Байер"нинг Бундеслигадаги 35 ўйинлик мағлубиятсиз сериясига чек қўйилди  4 23:30АПЛ. Холанднинг хет-триги "Ман Сити"га "Вест Хэм"га қарши ўйинда ғалабани тақдим этди  8 23:21Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" ўз майдонида "Қосимпошо"га мағлуб бўлди, Алиқулов 87 дақиқа ўйнади  3 23:00Ла Лига. "Барселона" - "Вальядолид" 7:0, Рафинядан хет-трик  7 22:45ҚПЛ. "Ордабаси" меҳмонда "Қайсар"га мағлуб бўлди, Яхшибоев ва Умаров эса...  2 22:00Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Вальядолид"га жавобсиз 7та гол урди!  56 21:40Расман: "Вест Хэм" ПСЖ футболчисини ўз сафига қўшиб олди  1 19:30РПЛ. ЦСКА яна ғалаба қозонди  2 18:51Пирс Морган: "Бу нимаси? Райс оёғидан зарба қабул қилиб олгани учун четлатилдими?"  9

PFLdagi eng zo'r ishlayotgan bo'lim rahbari - Baxtiyor Mametov Superliganing yangi titul homiysi "Coca Cola" haqida Yangiliklar

PFLdagi eng zo'r ishlayotgan bo'lim rahbari - Baxtiyor Mametov Superliganing yangi titul homiysi "Coca Cola" haqida

Bugun PFL Superliganing yangi 2019 yilgi mavsumi uchun yangi titul homiy bilan shartnoma imzolagani haqida rasman axborot berdi.

Xabar yozilishicha, "O'zbekiston Professional futbol ligasi Pepsi bilan muzokara olib borgan hamda ikki tashkilot o'rtasidagi shartnoma bugun — 5 mart kuni imzolanishi kerak edi. Bungacha ham Coca Cola kompaniyasi PFL bilan muzokara o'tkazgandi. Taklif nisbatan yaxshiroq bo'lganiga qaramay, PFL 2018 yilgi homiy — Pepsi variantini maqulroq deb topgan. Biroq kecha — 4 mart kuni Coca Cola o'z taklifini o'zgartirdi. Bu taklif Professional futbol ligasi uchun oldinga tashlangan qadam bo'lishi mumkin edi. Unga ko'ra, kompaniya nafaqat Superliga, balki O'zbekiston kubogi musobaqasi uchun ham homiylik qiladi", - deyilgan.

Qayd etish kerakki, PFL yangi mavsumga qura tashlash marosimini "Pepsi" brendi ostida o'tkazgan va mazkur kompaniya bilan kelishuv uzaytirilgani haqida Diyor Imomxo'jaev alohida takidlagandi.

Biroq PFL rasmiy saytini yozishicha, yangi kelishuv amalga oshmagan va muzokaralar so'nggi pallasida "Coca Cola" PFLga inkor etib bo'lmaydigan qulay taklif bilan chiqqan. Natijada PFL nisbatan qiziqarli va qulay taklif bildirgan "Coca Cola" bilan titul homiylik bo'yicha kelishuvga erishdi.

Biz mazkur holatga yanada aniqlik kiritish maqsadida PFLdagi eng yaxshi va professional ishlayotgan marketing bo'limi boshlig'i Baxtiyor Mametov bilan bog'landik:

- "SHuni aytish kerakki, biz bilan yangi mavsumda Superliga titul homiysi bo'lishni istagan ko'plab kompaniyalar muzokaraga kirishishdi. Oldimizda tanlov uchun imkoniyat paydo bo'ldi. Muzokaralar davomida biz uchun eng qiziqarli va rad etib bo'lmas taklifni aynan "Coca Cola" kompaniyasi bildirdi. PFL "Pepsi" bilan o'rtadagi hamkorlikni qadrlaydi va ularga o'tgan yili tarixiy voqeaga sababchi bo'lishgani uchun minnatdorchilik bildiradi. CHunki aynan ular orqali ilk bor O'zbekiston chempionati titul homiyga ega bo'lgandi. O'rtadagi kelishuv esa bir yilga mo'ljallangandi. Biz izlanishdan va ko'plab homiy va hamkorlarni jalb etishdan to'xtamaymiz. Hali chempionat davomida yanada yangi hamkorlar paydo bo'lish ehtimolini inkor etmayman. CHunki chempionatimizga bo'lgan qiziqish va o'zaro hamkorlik qilmoqchi bo'lgan kompaniyalar soni ancha ortgan. Bu esa kishini quvontiradi. Bunga qadar esa biz "O'zbekinvest" sug'urta kompaniyasi bilan kelishuvga erishgandik. SHuningdek, hali bu ishlar davom etadi. Qayd etish kerakki, o'zaro hamkorlik davomida nafaqat ular bizga manfaatli takliflar bilan chiqishmoqda, balki biz ham hamkor va homiylarni qiziqtira oladigan turli xil paketlar taqdim etyapmiz. Yani, bu kelishuvlardan har ikkala tomon birdek manfaatdor bo'lmoqda".

SHu o'rinda ko'pchilikda tushunmovchiliklar keltirib chiqarayotgan va PFL bosh direktori maslaxatchisi Diyor Imomxo'jaev elon qilgan "Pepsi" kompaniyasi bilan yangi kelishuv imzolangani qanchalik haqiqat degan savol tug'ilayotgandi.

Mazkur holat bo'yicha Baxtiyor Mametov vaziyatni ochiqladi:

- "Biz "Pepsi" bilan yangi mavsum uchun hali shartnoma imzolamagandik. SHu boisdan ham hech qanday o'rtadagi shartnoma yoki kelishuv bekor qilingani yo'q. SHunchaki "Coca Cola"ning qiziqarli taklifi tanlovni ular foydasiga qilishimizga asosiy turtki bo'ldi. Bundan esa nafaqat PFL, balki butun chempionatimiz yutadi, deb o'ylayman".


Superliganing yangi mavsumi boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi. Klublar esa yangi mavsumga taraddud ko'rish jarayonida aynan "Pepsi" brendi ostidagi reklama va bannerlar foydalanishayotgandi. Mazkur holat bazi muammo va qiyinchiliklarni tug'dirishi mumkin. Bu holatda PFL qanday yo'l tutmoqchi? Baxtiyor Mametov bu yuzasidan ham tushuntirish berdi:

- "To'g'ri, kelishuv chempionatga sanoqli kunlar qolganda rasmiylashtirildi. Yakunda titul homiy o'zgardi. Bu esa bazi noqulayliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Biroq klublarga taqdim etiladigan barcha banner va reklama shitlarini PFL o'z zimmasiga oladi va bu borada klublar hech qanday ziyon ko'rishmaydi. Yani, bu avval ham bizning bo'ynimizdagi ish. Umid qilamanki, chempionat startigacha bu ishlarga ulguramiz. Bazi ishlarga ulgurmay qolishimiz mumkin. Superliganing 1-turidan keyin o'rtada FIFA kunlari tufayli tanaffus yuzaga keladi. Biz esa mazkur tanaffus paytida qolgan barcha ishlarni bitirishga harakat qilamiz".

PFL va "Coca Cola" o'rtasidagi bitim qancha muddatga tuzilgan?

Marketing bo'limi boshlig'i Baxtiyor Mametov Superliganing yangi titul homiysi "Coca Cola" bilan kelishuvni kelasi yili yana uzaytirish bandi bilan 1 yilga mo'ljallanganligini malum qildi. SHartnomaning qolgan shartlari, yani "Coca Cola" PFLga qancha mablag' o'tkazib berishi esa oshkor etilmadi. Sababi, o'zaro kelishuvga ko'ra, shartnoma bandida buni oshkor etilmasligi alohida ko'rsatilgan ekan.

SHuningdek, Baxtiyor Mametov yaqin orada PFL va "Coca Cola" kompaniyasi vakillari bilan OAV xodimlari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazilishi rejalashtirilayotganini takidladi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика