So’nggi yangiliklar

19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  0 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  0 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  0 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   1 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  6 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  6 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  19 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7

PFL saytida xatolik ketgan bo'lsa, jurnalistda nima ayb? Yangiliklar

PFL saytida xatolik ketgan bo'lsa, jurnalistda nima ayb?

Saytimizning jonkuyar jurnalistlaridan biri Faxriddin Ro'ziev bergan malumot kecha ancha shov-shuvga sabab bo'ldi.

Gap "Nasaf" futbolchisi Marko Stanoevichning sariq kartochkalari bilan bog'liq. Superliga reglamentiga ko'ra, sariq kartochkalari to'rttaga etgan futbolchi keyingi 1ta turni o'tkazib yuborishi shart. 

Faxriddin Ro'ziev PFL saytidagi malumotga tayanib, Marko Stanoevich to'rtta ogohlantirishdan so'ng keyingi turni o'tkazib yubormaganini yozgan. Keyinchalik PFL rasmiy hujjatlarni tekshirgan holda malumotlarni saytga kiritishda xatolik ketganini va protokol bo'yicha Stanoevich allaqachon bitta turni o'tkazib yuborganini malum qildi. 

SHundan so'ng saytdagi "yuzerlar" orasida "koment"larda tortishuv, janjal boshlandi va eng xunugi, ko'pchilik Faxriddin Ro'zievni qo'pol so'zlar bilan haqoratlashga o'tgan. Uni hatto "Nasaf"ning dushmani deyishgacha borishgan. 

Faxriddin Ro'ziev PFL saytidagi malumotga tayangan holda xatoga yo'l qo'ygan va buning uchun faqat uni ayblash shart emas. Oxirgi paytlarda bizda muammo bir chetda qolib, muammoni ko'targan odamni erga urish juda avj olyapti. Ko'p sohalarda shunaqa bo'lyapti. Muammoni aytgan odam hammaning ko'ziga balodek ko'rinyapti. 

Yana bir gap. Faxriddin Ro'ziev xato qilgan bo'lsa-da, uning oldida PFL saytidan boshqa manba yo'q. Sayt rasmiy bo'lganidan keyin siz ham, men ham shunga ishonamiz. To'g'ri, Faxriddin bu xabarni chop etishdan oldin PFL bilan bog'lanib, aniqlik kiritib olishi mumkin edi, lekin rasmiy sayt turganda bunga na hojat. 

Masalan, OCHL o'yini bilan bog'liq muammoli vaziyatni surishtirganda OFK komissarlarining orqasidan qidirib yurmaysiz-ku. Tayyor manba sifatida faqat OFK saytiga tayanasiz. 

Bu kabi tushunmovchilikning oldini olish qiyin emas. PFL avvalgi yillari har tur oldidan tur yo'qotishlarini berib borardi. Lekin nimadir sabab bo'lib, bu yildan shu narsa chiqmay qo'ydi. Agar PFL kelasi yildan yana shuni yo'lga qo'ysa, o'ylaymizki, bu borada hech qanaqa muammo va tushunmovchilik yuzaga kelmaydi. 

X.Xoliqov.

P.S. Faxriddin Ro'ziev saytimizning eng faol jurnalistlaridan biri hisoblanadi va sayt uning harakatchanligi, mehnatsevarligi va izlanuvchanligini qadrlaydi. 

Reyting: -22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика