PFL reglamentiga quloq solmaydigan PFL
27 okt 2015 19:25
Yangiliklar
PFL reglamentiga quloq solmaydigan PFL
Birinchi xabarda 29-turdan o'rin olgan bir qator o'yinlarning sanasi o'zgargani haqida malumot berilgan unga ko'ra terma jamoaning JCH-2018 saralashi doirasidagi o'yinlarga munosib tayyorgarlik ko'rishi uchun 4ta o'yinning sanasi o'zgargan.
Olmaliq - Bunyodkor, Nasaf - Paxtakor, Lokomotiv - Mashal o'yinlari 5dan 4 noyabrga ko'chirildi. SHo'rtan - Navbahor uchrashuvi esa 4dan 5 noyabrga ko'chirildi.
Demak 29-turning taqvimi quyidagicha ko'rinish oladi:
4 noyabr (chorshanba)
Olmaliq – Bunyodkor
Nasaf – Paxtakor
Lokomotiv – Mashal
5 noyabr (payshanba)
SHo'rtan – Navbahor
Qizilqum – Metallurg
Buxoro – Neftchi
Qo'qon-1912 – So'g'diyona
Andijon – Dinamo
Endi ikkinchi xabarga o'tamiz. Unda "PFL reglamentining 4 bob, 4.16 bo'limiga binoan chempionatning oxirgi ikkita turining barcha o'yinlari bir vaqtda boshlanadi. 29 va 30–tur bahslari soat 14.00da start oladi", deb yozilgan.
29-turdan o'rin olgan o'yinlar ikki kun davom etishini yuqorida yozdik. Endi kimdir menga bu o'yinlar qanday qilib bir vaqtda boshlanishini aytib bersin. Yoki bir vaqtda boshlash degani o'yinlar turli kunlarda bo'lsa ham soat 14:00ga belgilanishi deganimi?
Narzulla Saydullaev
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бор аламини "Монако"дан олди
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Fikrlar