PFL Kubogi bekor qilindi
15 mar 2020 11:34
Yangiliklar
PFL Kubogi bekor qilindi
Turkiyada Rossiyaning bir necha klublari ishtirokida o'tkazilishi kerak bo'lgan PFL Kubogi bekor qilindi.
"KAMAZ", "Novosibirsk", Ijevskning "Zenit", Vladimirning "Torpedo", "CHelyabinsk", "Irtish", "Tyumen" va «KAMAZ-2" jamoalari ishtirok etishi kerak bo'lgan turnir barcha tomonlarning roziligi orqali bekor qilindi.
Garchi Turkiya hozirda koronavirus borasida xavfli holatda emas bo'lsa-da, ushbu turnir o'tkazilmasligi borasida kelishib olishdi.
Turnir bugun 15 mart kuni Antaliyada start olishi kerak edi.
Fikrlar