So’nggi yangiliklar

17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  0 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  0 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  2 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  11 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  6 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  4 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  3 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  3 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  7 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5

PFL: “Buxoro” SHuhrat Fayzievni bosh murabbiy sifatida ro'yxatdan o'tkaza olmaydi Yangiliklar

PFL: “Buxoro” SHuhrat Fayzievni bosh murabbiy sifatida ro'yxatdan o'tkaza olmaydi

“Buxoro” futbol klubi matbuot xizmati jamoaga yangi bosh murabbiy sifatida SHuhrat Fayziev olib kelinayotgani borasida xabar elon qildi.

Professional futbol ligasi shuni rasman malum qiladiki, “Buxoro” futbol klubi mazkur mutaxassisni bosh murabbiy sifatida Superliga o'yinlari uchun ro'yxatdan o'tkaza olmaydi.

Futbol klublari o'tgan oyning so'nggi o'n kunligida 2019 yilgi mavsum uchun licenziyalash talablarini qo'lga kiritgandi. SHuningdek, licenziyalash talabi jamoatchilik uchun ham ochiqlandi. Unda 2019 yilgi mavsumdan boshlab Superliga klublari bosh murabbiylarida “Pro” licenziyasi bo'lishi shart ekani ko'rsatib qo'yilgandi. SHuhrat Fayziev esa faqatgina “A” licenziyasining egasi hisoblanadi.

Superligada faoliyatini davom ettirish istagida bo'lgan mutaxassislar ayni kunlarda Toshkentda bo'lib turibdi va ular “Pro” licenziyasi uchun kurslarda ishtirok etyapti. Xususan, “Buxoro” futbol klubining endilikdagi sobiq bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev ham ular orasida bor. Biroq SHuhrat Fayziev o'z malakasini oshirish imkonini beruvchi mazkur kursda o'qish istagini bildirmagan.

Bundan tashqari, “Buxoro” futbol klubi o'z zimmasidagi qarzdorliklar masalasini ijobiy hal qilmaguniga qadar, yangi murabbiy va futbolchilar ro'yxatdan o'tkazilmaydi. Bu boradagi rasmiy ogohlantirish xati klubga etkaziladi. SHuningdek, klub vakillari futbol akademiyasi hamda stadion maysasi haqida ham qayg'urishi shart.  

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика