So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Petar Segrt: "Ushbu musobaqada yaxshi ishtirok etishimiz kerak, sababi bizni keyingi yil Osiyo Kubogi kutib turibdi" Yangiliklar

Petar Segrt: "Ushbu musobaqada yaxshi ishtirok etishimiz kerak, sababi bizni keyingi yil Osiyo Kubogi kutib turibdi"

Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi Petar Segrt va terma etakchilaridan biri Axtam Nazarov CAFA Nations Cup musobaqasi oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

- Musobaqa haqida

- Birinchi navbatda, barchaga salom yo'llayman. O'zbekiston aholisiga minnatdorchilik bildiraman, chunki ular bizni juda yaxshi qabul qilishdi va bizga mehmondo'stlik qilishmoqda. CAFA Nations Cup turniri men uchun judu muhim, sababi men 7 yil avval Afg'oniston terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lib ishlganman. Afg'oniston terma jamoasida ishlagan vaqtim bunday musobaqalar o'tkazilmasdi. Afg'oniston ham ushbu musobaqada ishtirok etmoqda, faqat boshqa guruhda. Futbolni nafaqat maydonda, balki maydondan tashqari ham rivojlantirishimiz kerak. O'ylaymanki, bir necha yildan so'ng "CAFA Nations Cup" Osiyoning eng yaxshi musobaqalaridan biri bo'ladi. Men Maldiv terma jamoasi bilan ishlagan vaqtim Suzuki Kubogida ishtirok etganman, u turnir ham mintaqaviy musobaqa edi, lekin CAFA musobaqasi ham kuchli va barcha raqiblar deyarli bir xil kuchga ega. Biz barcha raqiblarni hurmat qilamiz va kuchli deb hisoblaymiz. So'zimning so'ngida o'zbek futbol klublariga minnatdorchilik bildirib o'tmoqchiman, sababi ular bizning terma jamoamiz azolarini, FIFA kunlaridan avval ko'yib yuborishdi va bizga juda katta yordam berishdi.

Murabbiydan so'ng Axtam Nazarov ham musobaqa haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi va bitta savolga javob berdi. 

- Ajoyib musobaqa bo'ladi deb o'ylayman. Birinchi marta shu kabi musobaqada ishtirok etamiz. Barcha raqiblar kuchli.

- So'nggi uchrashuvda maydonga tushmadingiz. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Oxirgi bahsda oilaviy sabablar tufayli qatnashmagandim. Hammasi ortda qoldi. Endi yana shu erdaman va terma bilan ijobiy natijalarni qo'lga kiritishga harakat qilamiz.

- Xorijda to'p tepadigan futbolchilar terma jamoaga qanday holatda kelishdi?

- Bugun ertalab terma jamoaga Parvizjon Umarboev kelib qo'shildi. O'tgan kuni ham bir nechta futbolchimiz keldi. Ularni sekin-astalik bilan tarkibga qo'shamiz. Tojikiston futboli tarixida birinchi marotaba futbolchilarimiz 10 ta davlatda to'p tepishmoqda. Bu – katta natija, Osiyo Kubogiga saralash bosqichida yaxshi ishtirok etdik, Rossiyaga qarshi muvaqiyatli o'yin o'tkazdik. Bu yaxshi natijalarga erishayotganimizdan darak beradi. Bizning tarkibimizda Ukraina chempioni va Eron chempionlari bor. Biz Tojikistonmiz, bizda "improvizaciya" juda kuchli. Biz ushbu musobaqada yaxshi ishtirok etishimiz kerak, sababi bizni keyingi yil Osiyo Kubogi kutib turibdi va u erda biz Qatar, Xitoy va Livan kabi kuchli terma jamoalarga qarshi maydonga chiqamiz. Bugun ertalab Turkmaniston terma jamoasi bosh murabbiyi bilan ko'rishib qoldik va do'stona suhbat bo'lib o'tdi. Biz birodar halqlarmiz, lekin ertaga bu narsalarni unutamiz va 90 daqiqaga raqibga aylanamiz. Men O'mon terma jamoasi bosh murabbiyi Branko Ivankovichni yaxshi taniyman. Katanecni ham juda hurmat qilaman, lekin ular bizning raqibimizga aylanishadi. O'zbek xalqiga mehmondorchilik uchun katta rahmat!

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика