"Persepolis" - "Sepaxon" o'yini paytida muxlis stadionda vafot etdi
28 apr 2019 11:56
Yangiliklar


"Persepolis" - "Sepaxon" o'yini paytida muxlis stadionda vafot etdi
Eron chempionatining nabvtdagi turida "Persepolis" o'z maydonida "Sepaxon" bilan bahs olib bordi.
Tehrondagi muhtasham "Ozodi" stadionida kechgan bahs 0:0 hisobida yakun topdi. Malumki, turnir jadvalida "Persepolis" birinchi, "Sepaxon" esa ikkinchi o'rinda boryapti. SHu bois o'yinga bo'lgan qiziqish katta edi.
O'yin paytida ko'ngilsiz voqea yuz berdi. Stadionga tashrif buyurgan muxlislardan biri yurak xuruji tufayli voqea joyida vafot etdi. Bunga sabab muxlislarning janjal chiqarishi bo'ldi. Janjal tufayli 200 nafarga yaqin muxlis turli darajada jarohat oldi hamda bittasi vafot etdi. Vafot etgan muxlisning yoshi 30da edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar