"Persepolis" - "Nasaf". Bugun o'yinoldi tadbirlar bo'lib o'tadi
12 fev 2018 10:39
Yangiliklar


"Persepolis" - "Nasaf". Bugun o'yinoldi tadbirlar bo'lib o'tadi
Bugun “Persepolis” – “Nasaf” uchrashuvi oldidan bir qator rasmiy tadbirlar bo'lib o'tadi.
Dastavval, mahalliy vaqt bilan soat 12:00da (Toshkent vaqti bilan 13:30da) jamoalar menejerlari yig'ilishi tashkil etiladi. Unda tashkiliy masalalar qatori, jamoalarning ertaga qanday rangdagi liboslarda maydonga tushishiga aniqlik kiritiladi. Yig'ilish Eron Islom Respublikasi futbol Federaciyasi qarorgohida bo'lib o'tadi.
Soat 13:30da (Toshkent vaqti bilan 15:00da) "Nasaf" ustozi va futbolchisi ishtirokidagi o'yinoldi matbuot anjumani o'tkaziladi.
Soat 14:00da (Toshkent vaqti bilan 15:30da) esa “Persepolis” klubi vakillari ishtirokidagi matbuot anjumani bo'lib o'tadi.
Bugun soat 17:15da (Toshkent vaqti bilan 18:45da) “Ozodiy” stadionidagi “Nasaf”ning o'yinoldi rasmiy mashg'uloti boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
16:12
"Nasaf" "Andijon"ni mag'lub etib, ketma-ket 3-marta Superkubokni qo'lga kiritgan o'yindan GALEREYA 5

Fikrlar