Perishich "Borussiya" va "Gerta"ning taklifini rad etdi
31 jan 2021 12:15
Yangiliklar


Perishich "Borussiya" va "Gerta"ning taklifini rad etdi
"Inter" yarim himoyachisi Ivan Perishichning oldida ikki nemis chempionati klublaridan taklif bor edi.
Xavbek uchun "Gerta" va Dortmundning "Borussiya" klublari davogarlik qilishgan edi, ammo Perishich ularga rad javobini berdi.
Oldinroq xorvatiyalik futbolchining qishda Milandan ketishi mumkinligi va u "Inter" bosh murabbiyi Antonio Kontening rejalariga kirmasligi haqida aytilgan edi.
Perishich joriy mavsum A Seriya doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar