Peres: "Kamavinga bolaligidan "Real"da to'p surishni orzu qilardi"
08 sen 2021 19:27
Yangiliklar
Peres: "Kamavinga bolaligidan "Real"da to'p surishni orzu qilardi"
"Real" prezidenti Florentino Peres klubning yangi futbolchisi Eduardo Kamavinga haqida gapirdi.
"Bugun klubimiz yosh francuz futbolchini kutib oldi, ishonamanki, u o'z iqtidorini, kuchini va mukammallashuvini namoyish eta oladi.
Bolaligidan u buyuk futbolchi bo'lishga tayyorlandi va o'shandan buyon qachondir "Real" libosini kiyishni orzu qilardi. Kutilgan onlar keldi.
U endigina 18 yoshda bo'lishiga qaramay, Evropaning grand klublarida to'p surishga loyiq futbolchilardan biriga aylandi.
Kamavinga madridliklar sharafini himoya qilmoqchi edi va "Santyago Bernabeu"da o'ynashni orzu qilardi, biz esa uning ulkan istedodini qadrlab, unga ishonishni istaymiz", — dedi Peres futbolchining taqdimotida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia

Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar