Pep Gvardiola: "Mario Gyotce hali Messi darjasiga chiqqani yo'q"
01 mar 2014 15:01
Yangiliklar


Pep Gvardiola: "Mario Gyotce hali Messi darjasiga chiqqani yo'q"
"Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa yarim himoyachisi Mario Gyotce haqida fikr bildirarkan, uning ajoyib futbolchi ekanini, ammo hali Lionel Messi darajasiga chiqib ulgurmaganini takidladi.
- Mario - juda ajoyib o'yinchi. U Myunxenda ilk mavsumini o'tkazayotgan bo'lishiga qaramay ancha muvaffaqiyatli o'ynamoqda. Bu taqsinga loyiq. Ammo Marioni Messi bilan taqqoslash noo'rin, menimcha. Boisi u hali argentinalik futbolchi darjasiga chiqib ulgurmadi. Qolaversa, Messi erishgan yutuqlarni ham qo'lga kiritib ulgurmadi. Ammo Gyotcening 21 yoshda ekanini inobatga oladigan bo'lsak, Mario albatta jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylana oladi, - dedi Pep Gvardiola.

Fikrlar