So’nggi yangiliklar

15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  1 14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  0 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  9 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  19 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5

“Penalty”: SHahzodbek Nurmatov: “Manchester Yunayted” tufayli futbolchi bo'lganman” Yangiliklar

“Penalty”: SHahzodbek Nurmatov: “Manchester Yunayted” tufayli futbolchi bo'lganman”

Loyihamizning navbatdagi soniga Bekobodning “Metallurg” klubida bir necha yillardan buyon o'ynab kelayotgan hujumchi SHahzodbek Nurmatovni talkif qildik.

Futbolchi saytimiz ofisiga tashrif buyurib savollarga ochiq va oydin javob berdi.

Gulshan Sadullaeva: 1. Yoshlik xotiralari bilan o'rtoqlashsangiz...
- Yoshligimda juda urishqoq bo'lganman, 5-6 sinfgacha bolalar bilan sho'xlik qilib yurardik. Keyinchalik ancha bosilib qolganman. Yoshligim Toshkentda o'tgan. 115-maktabda o'qiganman, sinfdoshlarim ajoyib edi.

Narzulla Saydullaev: 1.Futbolga kirib kelishingiz qanday bo'lgan?
- Futbolchi bo'lish orzusi 1999 yil “Manchester Yunayted”ning Evropa chempionlar ligasi finalida “Bavariya” ustidan qozongan g'alabasidan so'ng paydo bo'lgan. 2001 yil dadamga iltimos bilan futbolga kelganman. Birinchi murabbiyim Farhod Abdurasulov menga futbolning dastlabki sir-asrorlarini o'rgatganlar. Boshida bo'yim ancha past edi 7 sinfdan so'ng bo'yim o'sib ketgandi. Keyinchalik “Oq-tepa” futbol maktabida o'qishni davom ettirdim.



Gulshan: 2. Siz hech ham tark etolmaydigan odat bormi?
- Juda ishonuvchanman, ko'nglim bo'sh. Bazi holatlarda biroz qattiqroq tursam bo'larkan, boshimga chiqib olishayapti degan hayol o'tadi.

Narzulla: 2.Oliy ligada “Dinamo” safida debyut qilgansiz. Bu jamoaga o'tish qanday sodir bo'lgan?
- “Oq-tepa” safida birinchi ligada bir yil o'ynaganman. Qishki yig'inlar paytida “Dinamo”ni 2:0 hisobida mag'lub etgandik. O'shanda bitta golni men urgandim. Viktor Jalilov Samarqand klubiga taklif qilganlar. Ko'rikdan o'tgach shartnoma tuzgandim. Dastlab zaxiradan, keyinchalik asosiy tarkibda tusha boshladim. Tarkibga yaxshi futbolchilar yig'ilgandi, ammo o'yinimiz qovushmagan va dastlabki davrada adashmasam atiga 7 ochko to'plagandik. SHu bois Viktor Jalilov istefoga chiqarilgan, men ham ketishga qaror qilganman.

Gulshan: 3. Vaqt siz uchun qanday ahamiyatga ega? Uni qanday taqsimlaysiz?
- Hozir yozgi tatilda vaqtimiz ko'proq bo'ladi. Boshqa paytda esa asosan mashg'ulotlar, yig'inlar, o'yinlar bilan o'tib ketadi. Uyda bo'lsam ko'proq dam olaman, yaqinlar bilan suhbatlashaman.

Narzulla: 3.Siz 2011 yil yarmidan buyon “Metallurg”da o'ynab kelayapsiz. Ushbu klub haqida fikrlaringiz.
- Qishda “Dinamo”ga o'tganimdan so'ng “Metallurg” ham taklif qilgandi. Ammo shartnoma tuzib qo'yganimni aytgandim. Yozda Samarqanddan qaytayotganimda Rustam Mirsodiqovning yordamchisi Aleksandr Mochinov qo'ng'iroq qilib “Metallurg”ga o'tishni taklif qilgandi. Bekobod klubida yig'inda ishtirok etib asosan o'rinbosarlar jamoasida o'ynab yurdim. Keyingi yil esa bosh murabbiy menga ko'proq ishona boshladi va asosiy tarkibda maydonga tushira boshladi. Boyan Kalevich, Ilyos Qurbonov, Zohid Abdullaev kabi hujumchilar bilan birga o'ynardim. “Metallurg”ni bemalol ikkinchi uyim deya olaman.



Gulshan: 4. Til bilmaslik natijasida futbolchi qanday qiyinchiliklarga uchrashi mumkin? Qaysi tillarni bilasiz?
- Eng qiyini bosh murabbiy bilan bitta tilni bilmaslik. Bu juda muhim. Tarjimon hech qachon murabbiy istayotgan narsani aytib bera olmaydi. Men o'zbek va rus tilini bilaman. Ingliz tilini malum darajada bilaman. Futbol terminlarini yodlab olganman. Xorij klublarida o'ynash uchun ingliz tilini bilish juda zarur.

Narzulla: 4. Bekobod xalqi futbolni qanchalik sevadi?
- Xalq futbolni juda yaxshi ko'radi. Issqmi, sovuqmi ashaddiy muxlislar kelib bizni qo'llab-quvvatlab turishadi. Kuchli klublarga qarshi o'yinlarda ularning daldasi ayniqsa bilinadi. Ularning hayqiriqlari tufayli bazan oyoqlar o'zi yuguradi. Menimcha o'yinlarni biroz kechroq vaqtga belgilashsa yanada ko'proq tomoshabin keladi deb o'ylayman.

Gulshan: 5. Maktab davrlarini esga olamiz:
- 2 ning 3 darajasi? (javob: 8)
- Sakkkiz.

- Musiqada nechta nota mavjud? (javob: 7)
7ta.

- Do'st haqida 5 ta maqol ayting
- Maqol? (kuladi). Umuman maqol aytsam bo'ladimi? Etti o'lchab, bir kes. Ustoz otangday ulug'. Qari bilganni pari bilmas.



- "SHum bola" kimning asari (javob: G'afur G'ulom)
- To'g'risi bilmayman.

- Mikroneziya orollari qaerda joylashgan? (Tinch okeanida)
- Eshitmagan ekanman. Yaqinda ko'p gol o'tkazgan jamoami? Tavakkal qilaman Tinch okeanida.

- Xalq o'yinlaridan qaysilarini bilasiz
- Berkinmachoq, lanka o'ynash, tortishmachoq.

- Bundan 24 yil oldin sodir bo'lgan voqealarni sanang
- O'zbekiston mustaqillikka erishgan, Sobiq Ittifoq parchalangan. Men tug'ilganman (kuladi). Davlat bayrog'imiz qabul qilingan.

Narzulla: 5.Oliy ligadagi ilk golingizni qachon va qaysi klubga urgansiz? (Javob: 2012 yil “SHo'rtan” bilan o'yinda)
- Eslayman. 2012 yil “SHo'rtan”ga qarshi bahsda urganman. Zaxiradan maydonga tushib to'p kiritganman, o'shanda safarda 2:1 hisobida g'alaba qozongan edik. Aniq eslayman Ruslan Vagapovning pasidan so'ng chap oyoqda urgandim.

Gulshan: 6. Ayollar futboliga munosabatingiz qanday?
- To'g'risi shaxsiy fikrim ayollar gimnastika, suzish kabi sport turlariga qatnashishsa yaxshi bo'lardi. Lekin men hech kimga taqiqlay olmayman. Ularning futbol klublariga muxlislik qilishlariga esa ijobiy qarayman.



Narzulla: 6.Xorij klubiga o'tish varianti bo'lgandi. Bu nima uchun amalga oshmadi?
- Bahrayn klubidan taklif bo'lgandi. Agentlar bilan tushunmovchiliklar tufayli o'tish amalga oshmagandi. Muammo maosh borasida bo'lmagandi. Agentlar dastlab bitta klubni aytishgan, borganimda esa boshqa klubga o'tishimni aytishgan. SHu bois O'zbekistonga qaytishga qaror qilgandim. Oldinlari xorijdan taklif bo'lmagan faqat oliy liga klublaridan takliflar bo'lgan.

Gulshan: 7. Jamoadoshlaringizdan birining o'ziga hos xislati haqida ayta olasizmi?
- Eng yaqin do'stim Mirg'iyos Sulaymonov juda qiziqqon. Lekin baribir Dilmurod Karimovdan o'tib keta olmaydi (kuladi). Har qanday yordam kerak bo'lsa doim yordam beradi. Mashg'ulotlarga kech qolmaydi. Aksincha men bazan kech qolib turaman (kuladi). Mirg'iyos asosan mashina olishga qiziqadi.

Narzulla: 7.Rustam Mirsodiqovga tarif bering. U qanday murabbiy, qanday inson?
- SHaxsan men uchun Rustam Mirsodiqov eng yaxshi murabbiydir! Bu inson doim birinchi o'rinda futbolchining manafaatini o'ylaydi. Maosh borasida ham, sharoitlarni yaratish borasida ham birinchi bizni o'ylaydilar. Yosh bolaga ham, katta yoshdagi futbolchilarga ham bir xil munosabatda bo'ladilar. Mag'lubiyatlardan so'ng jahllari chiqadi, lekin hech qachon bitta futbolchini aybdor qilmaydilar. Hech bir futbolchini shaniga tegadigan gaplar gapirmaydilar. G'alabalardan so'ng hazillashib ham turadilar. Hazil ham meyorida bo'ladi.

Gulshan: 8. Onangiz uchun eng yaxshi sovg'a nima ekanligini bilasizmi?
- Menimcha sog' salomat uyga kirsam eng yaxshi sovg'a bo'lsa kerak. Gul, tilla buyumlar, ko'ynak va boshqa sovg'alar olib berganman. Yoshligimda 8 mart bayramiga onam uchun oq qog'ozga gul naqshini tushurib berganman. Bu hech qachon yodimdan chiqmaydi.



Narzulla: 8.Nima uchun umuman penalti tepmaysiz?
- Sababi jamoada penalti tepadigan futbolchilar bor. Talashishni yoqtirmayman. Lekin agar vaziyat taqozo etsa 11 metrli nuqtaga yaqinlashishim mumkin. Oliy ligada umuman penalti tepmagan ekanman. “Oq-tepa” safida o'ynab yurganimda tepib turardim.

Gulshan: 9. OAVning futbolchi faoliyatiga tasiri haqida qanday fikrlar ayta olasiz?
- Matbuotni futbol bilan chambarchas deb bilaman. OAV futbochlilarni qaysidir manoda reklama qiladi. SHaxsan o'zimdan kelib chiqsak matbuotda nomim chiqsa yoki chiqmasa hech qanday o'zgarish bo'lmaydi. Mag'lubiyatlardan so'ng intervyu berishmaydi? Bu menimcha o'zbeklarning qiziqqonligi tufayli bo'lsa kerak. Mana masalan “Lokomotiv”ga qarshi kubok o'yinidagi mag'lubiyatdan so'ng intervyu berdimku (kuladi)

Narzulla: 9. Birga o'ynagan eng kuchli uch nafar futbolchi?
- Terma jamoada uchta o'yin o'tkazganman, u erdagi barcha futbolchilar yaxshi. “Metallurg”dagi sheriklarimni aytaman. Ilyos Qurbonov – haqiqiy hujumchi edi. Ulardan ko'p narsa o'rganganman. Ochilish borasida ularga teng kelib bo'lmasdi. Nima qilib bo'lsa ham himoyachi taqibidan qochib ketardi. SHuxrat Yo'ldoshev – maydon markazida to'pni ushlab turishda ajoyib harakat qilardi. To'p uzatishlari ham chiroyli chiqardi. Yana “Oq-tepa”da Vladimir Gavrilov bilan birga o'ynagandim. Hozir jamoa sport direktori bo'lib ishlayapti. Uning golni his qilish mahorati zo'r edi. Mashg'ulotlarga kelmay o'yinga tushib gol urib ketaverardi (kuladi). Xorijdagi eng yaxshi hujumchi deb braziliyalik Ronaldoni tan olaman. Yoshligimda meni ham laqabim Ronaldo edi. Ismimni bilmagan bazilar hozirgacha shunday chaqirishadi.

Gulshan: 10. Tushkunlikka tushgan paytlaringiz nima sizni ruhlantira oladi?
- Yoshligimda tushkunlikka tushib o'tiraverardim. Hozir esa mag'lubiyatlardan so'ng tezda o'zimga kelaman. Bu taqdir ekan deb keyingi o'yinga tayyorlanaman. Og'ir damlarda onam, singlim va bo'lajak turmush o'rtog'im dalda berishadi.



Narzulla: 10. Oliy ligada 97ta o'yinda 31ta gol urish hujumchi uchun yaxshi natijami?
- Yaxshi emas, o'rtacha natija deb bilaman. Gollarimni hisoblab boraman lekin o'yinlarim esimda yo'q edi. 100ta gol urish? 3-4 yil shu saviyada o'ynashda davom etsam shu marrani zabt etaman deb o'ylayman. Agar ungacha xorijga ketib qolmasam (kuladi).

Gulshan: 11. Penalti loyihasi uchun qanday yangi g'oya taklif qilgan bo'lardingiz?
- Savollarni ko'paytirishni o'ylab ko'rsanglar bo'ladi. Ha sizlarda 11tadan oshmaydiku (kuladi). SHaxsiy hayotga doir savollarni ko'paytirsanglar ham yaxshi bo'ladi.

Narzulla: 11. Ananaviy savol: Yodingizda qolgan penalti yoki penaltilar seriyasi...
- Penalti? 2006 yil Zidanning Jahon chempionati finalida urgan goli yodimda qolgan. 2008 yil Moskvadagi Evropa chempionlar ligasi finalida “Manchester Yunayted” va “CHelsi” o'rtasidagi penaltilar seriyasini ham eslab qolganman. O'zim ham “qizil iblislar”ning muxlisiman.


Gulshan Sadullaeva va Narzulla Saydullaev suhbatlashdi
Foto: Tolibjon Qosimov



“Penalty”. Xayrulla Karimov: “Futbolda “Yulduzlik kasali” rivojlanib ketdi”

“Penalty”. Ikrom Aliboev: “Abramov tufayli “Lokomotiv”da qoldim”

“Penalty”. Zohir Pirimov: “Futbol meni o'zgartirdi”

“Penalty”. Lochin Soliev: “CHempionatimiz ancha qiziqarli kechmoqda”

“Penalty”: Igor Sergeev: “Futboldagi hissiyotlarni hech qanday pul evaziga sotib olib bo'lmaydi”

"Penalty": Temurxo'ja Abduxoliqov: “Xayriya fondi ochish niyatim bor”

“Penalty”: G'ulom-Haydar G'ulomov: “Futbol tufayli hayotda to'g'ri yo'ldan ketyapman”

“Penalty”: Timur Hakimov: “Penaltidan gol urishni ham bilish kerak”

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика