So’nggi yangiliklar

12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  1 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  1 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  5 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  4 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  5 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  16

Penalty. Sanjar SHoahmedov: “Sanjar ismli mashhurlar kam ekan” Yangiliklar

Penalty. Sanjar SHoahmedov: “Sanjar ismli mashhurlar kam ekan”

Loyihamizning bu yildagi eng so'nggi mehmoni “Lokomotiv” klubi yarim himoyachisi Sanjar SHoahmedov bo'ldi.

2015 yilgi oliy liganing eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lgan futbolchi bayram arafasida savollarimizga javob berdi.

Matluba Sadullaeva: Suhbatimizni yoshligingizni eslashdan boshlaymiz. Maktabda qanday o'qigansiz?
- Yoshligim Toshkent shahridagi, SHayxontoxur tumanida o'tgan. 9-sinfgacha 262-maktabda o'qiganman. Yoshlikda barcha bolalar kabi ko'chada futbol o'ynab yurardik. To'g'risi maktabdan ko'ra futbolni ko'proq yaxshi ko'rardim.

Narzulla Saydullaev: Futbolga qanday kirib kelgansiz?
- Etti yoshimdan buyon futbol ichidaman. Ham o'qish, ham futbolni birgalikda olib borganman. Birinchi murabbiylarim Gennadiy Kazakov va Gennadiy Denisov. Dastlab men o'zimdan katta yoshdagi Marat Bikmaev, Temur G'aniev, Vladimir Anikin kabi futbolchilar bilan mashg'ulotlarda qatnashib yurardim. Bu erda Kazakov murabbiy edi. Bir gap aytaman, o'zimdan katta o'yinchilar bilan shug'ullanganim menga hozirda ham yordam bermoqda. Keyin o'z yoshimdagi jamoada Gennadiy Denisov bilan birga ishlaganmiz. Doston Abdurahmonov va Zohir Pirimov kabi futbolchilar bilan shug'ullanganman.



Matluba: Sanjar SHoahmedov o'zining qaysi kamchiligi borligini tan oladi?
- Barcha insonda kamchilik bo'lsa kerak. Ideal odam bo'lmaydi. Kech qolmayman, odamlarni kuttirib qo'yishni yomon ko'raman. Lekin ko'p uxlashimni tan olaman. Jahldor emasman, hazillarga moyilman. Barchasini o'z o'rnida, myorida ishlataman.

Narzulla: "Olmaliq"dagi faoliyatingiz haqida nima deya olasiz?
- 2008 yil “Olmaliq” ilk bor oliy ligaga chiqqandi. O'shanda jamoa qoshida yoshlar jamoasi tashkil etilishi kerak bo'lgan. CHig'atoy futbol maktabidan 10 nafar futbolchi Olmaliqqa ko'rikdan o'tish uchun borgandik. 3 haftalik yig'indan so'ng Igor SHkvirin va Gennadiy Denisov boshchiligidagi murabbiylar besh nafar futbolchini jamoada olib qolgan. O'sha vaqtda Marat Kabaev yoshlar jamoasi murabbiylaridan biri bo'lgan. Dastlabki ikki yilda faqat yoshlar jamoasida o'ynadim. 2010 yil SHkvirin meni oliy liga o'yinlarida zaxiradan maydonga tushira boshlagandi. 2012 yildan boshlab “Olmaliq”ning asosiy futbolchisiga aylangandim.



Matluba: Yangi yil bayrami arafasida qaysi kinoni miriqib ko'rasiz?
- “Uyda yolg'iz” (kuladi). Yoshligimidan maza qilib tomosha qilaman. Har yili Yangi yil bayrami arafasida shu kinoni qo'yadi. O'zbek kinolaridan esa “Suyunchi” yoqadi. Sababi bu kino deyarli futbol haqida (kuladi).

Narzulla: "Lokomotiv"dagi bir yil qanday o'tdi?
- O'tgan yil yozda “Bunyodkor”dan taklif tushgandi. Biroq “Olmaliq” bilan shartnomam borligi uchun jamoadan ketmagandim. Yil tugagach Vadim Abramov men bilan aloqaga chiqqan va “Lokomotiv”ga taklif qilgandi. Murabbiyning ishonchini his qilganim uchun ham “temiryo'lchilar” safiga qo'shilishga qaror qilganman. Jamoaga tez qo'shilib keta oldim. Futbolchilar bilan bir oiladek bo'lib ketdik deya olaman.



Matluba: Nima uchun "Lokomotiv"da 22-raqamni tanlagansiz?
- “Olmaliq”da dastlab yoshlar jamoasida 10-raqamda o'ynardim. 2013 yil asosiy tarkibga o'tganimda 10-raqam Mo'ydin Mamazulumovga tegishli edi. SHunda 22-raqam bo'sh bo'lgani uchun shuni tanlaganman. Keyin Mamazulumov klubdan ketgach yana 10-raqamni olganman. “Lokomotiv”ga kelganimda bu raqam Bikmaevga tegishli, 22 bo'sh ekan. SHunday qilib tasodifan tanlangan 22-raqami men uchun qadrdon bo'lib qoldi. Mana silar ham aynan 22ta savol berar ekansizlar-ku (kuladi).

Narzulla: Osiyo chempionlar ligasi qanday musobaqa ekan?
- Musobaqada juda kuchli klublar ishtirok etadi. Osiyo chempionlar ligasida kuchli futbolchilarga qarshi, ajoyib stadionlarda o'ynaysiz. Bu yil natija ijobiy bo'lgani yo'q, nasib qilsa 2016 yil natijani yanada yaxshilashga urinamiz. SHaxsan men uchun eng qiyini “Fulad” bilan Toshkentdagi bahs bo'ldi. To'g'ri “Al Sadd”ga 2:6 hisobida yutqazdik, lekin o'sha bahsda juda yomon o'ynamagandik. SHunchaki raqibning deyarli barcha zarbasi darvozamizga kirib ketavergan. “Fulad” bilan o'z uyimizda ochko yo'qotib qo'yganimiz yomon bo'lgan.

Matluba: Siz jurnalist bo'lsangiz qaysi futbolchiga qanday savol bergan bo'lardingiz?
- Agar jurnalist bo'lsam futbolchidan “orzuingiz nima?” deb so'ragan bo'lardim.
- Sanjar SHoahmedovning orzusi nima?
- Jahon chempionatida o'ynash. Menimcha bu barcha futbolchilarning orzusi bo'lsa kerak.



Narzulla: "Lokomotiv"dagi qaysi yosh futbolchiga ko'proq etibor berish kerak deb o'ylaysiz?
- Bu yil Ikrom Aliboevga murabbiylar ishonch bildirishdi. U esa imkoniyatdan foydalanib o'zini yaxshi tomonlama ko'rsata oldi. O'sishdan to'xtab qolmasligi kerak. Bundan tashqari Sergey Proxorov ham iqtidorli futbolchi. Bejizga uni “Flitvud Taun” murabbiylari Angliyaga taklif qilishmadi. Bundan tashqari “Lokomotiv” maktabida ham yosh qobiliyatli futbolchilar juda ko'p.

Matluba: 25 yoshga to'lgan Sanjar SHoahmedov qachon turmush qurmoqchi? Rafiqangiz qanday bo'lishi kerak?
- Bu yil ulgurmaymiz (kuladi). Qiz topilsa keyingi yil bahorda yoki yozda to'yim bo'lsa kerak. Bo'lajak turmush o'rtog'im ko'ngli ochiq, samimiy, barcha bilan yaxshi chiqishib keta oladigan bo'lishini istardim.

Narzulla: Akangiz futzalchi. Intervyulardan birida "Agar harakat qilsa katta futbolda o'ynab keta oladi" degansiz. Sanjar SHoahmedovchi futzalga o'tsa o'ynab keta oladimi?
- Yoshligimda futzal o'ynaganman. 14-15 yoshimda “Ardus” yig'inida qatnashganman. Jamoa 2 yillik shartnoma taklif qilganida buni rad qilgandim. Futzalda juda ko'p yugurish kerak, shu bois ham almashtirishlar tez sodir bo'ladi. Katta futbolda ham jismonan kuchli bo'lish talab etiladi.

Matluba: Uch nafar eng mashhur adashingizni sanab bera olasizmi?
- Sanjar Tursunov! Ukrainaning “Vorskla” klubi va O'zbekiston terma jamoasi azosi. Sanjar SHodiev –aktyor va rejissyor. “Etti haykal, bitta kal” kinosi orqali juda mashhur bo'lib ketdi. Uchinchisini eslay olmadim. Sanjar ismli mashhurlar ham kam ekan. Men o'zimni mashhur yoki yulduz deb hisoblamayman, men oddiygina Sanjarman.



Narzulla: Xorijda qaysi chempionatda o'ynashni orzu qilasiz? Qaysi klublardan takliflar tushdi?
- Ispaniya chempionatida o'ynashni istayman. Bu mamlakatda “Barselona” va “Real” kabi eng kuchli klublar qatnashishadi. Xorijdan taklif bo'lganmi? O'tgan yil “Lokomotiv”ga o'tishimdan oldin Bahrayn klubidan taklif bo'lgandi. Xatto SHahzodbek Nurmatov bilan birga Bahraynga borib ko'rikdan ham o'tgandik. Biroq klub OCHLda o'ynamasligi va chempionatda atiga 12ta klub qatnashishi bois transfer amalga oshmay qolgandi.

Matluba: Blic savollar: Bu savollarga tez-tez va qisqa javob berishingiz kerak bo'ladi.
- Yoqtirgan taomingiz
- Honim.
- Eng chiroyli golingiz
- “Lokomotiv” safida “Al Sadd”ga urgan golim.
- Braziliyalik Ronaldo yoki Ronaldino
- Ronaldino.
- Yozmi qishmi?
- Yoz.
- Rayxon yoki SHaxzoda?
- SHaxzoda.
- Dilnoza Kubaeva yoki Asal SHodieva?
- Dilnoza Kubaeva.

Narzulla: Jahon futbolida eng yoqtirgan futbolchingiz Xavi ekanini bilamiz. Ispaniyalik futbolchining aynan qaysi jihatlari sizni rom qilgan?
- Yoshlikdan “Barselona”ga muxlisman. Xavini ham aynan shu klubdagi o'yinlarini ko'rib muxlisiga aylanganman. Uning hujumchilarga oshirgan g'aroyib paslari menga yoqib qolgan. Unga o'xshashga intilaman, buni tan olaman.

Matluba: O'zingiz o'ynagan stadionlar orasida sizga eng yoqqani qaysi?
- Osiyo chempionlar ligasi doirasida Saudiya Arabistonida “Al Hilol” mehmoni bo'lganmiz. “Qirol Fahd” stadioni juda zamonaviy va ajoyib ekan. Stadion maysasi ham ideal holatda. Muxlislar g'aroyib muhitni yuzaga keltirishgandi.



Narzulla: Quyidagi murabbiylarga tarif bering: Gennadiy Denisov, Igor SHkvirin, Vadim Abramov, Samvel Babayan.
Gennadiy Denisov – birinchi murabbiyim, yaxshi ustoz. Igor SHkvirin – talabchan, hazilkash. Vadim Abramov – u ham hazilkash, futbolchilar bilan tez chiqishib keta oladi. Samvel Babayan – kuchli murabbiy, talabchan va ishtiyoqmand. Aslida barcha murabbiylar faoliyatimda juda katta va muhim rol o'ynashgan. Barchaga katta minnatdorchilik bildirib qolaman.

Matluba: Yangi yil yaqin. Qorboboni uchratib qolsangiz uning qopiga sig'adigan qanday sovg'ani so'ragan bo'lardingiz?
- Nimani so'rasam bo'ladi? Futbolchiga nima kerak, albatta futbol to'pi (kuladi). To'g'risi hozir nima so'rashni hayolimga kelmayapti. O'sha payt ham shoshib qolsam kerak.

Narzulla: Orzular terma jamoaingizni tuzib bering.
- Darvozada Iker Kasilyas. Himoyada Dani Alvesh, Karles Puyol, Serxio Ramos, Marselo. Yarim himoyada Xavi va Andres Inesta. CHapda Neymar, o'ngda Ronaldu. Hujumda Tomas Myuller va Lionel Messi. Bosh murabbiy – Joze Mourino. Bu murabbiy o'z vaqtida ajoyib yutuqlarga erishgan, shunchaki bu mavsumda omadi kelmadi va “CHelsi”dan ketdi. Barchada shunday qora kunlar bo'ladi. Lekin men uchun baribir eng kuchli murabbiy aynan Mourino. Etibor qiling, shunday yomon natija qayd etsa ham bir qator top klublar unga taklif bilan chiqishga tayyor turishibdi.



Matluba: “Penalty” loyihasi va muxlislarga tilaklaringiz.
- O'zbekiston xalqini Yangi yil bayrami bilan tabriklayman. Barcha o'ylagan niyatlariga erishib yurishlarini, omad hech qachon ularni tark etmasligini tilayman. 2015 yilda erishmagan yutuqlariga 2016 yilda erishishlariga tilakdoshman. Loyihaga faqat muvaffaqiyat tilayman, doim ishlashdan charchamanglar. Barchaga bayram muborak bo'lsin!

Narzulla: Yodingizda qolgan penalti yoki penaltilar seriyasi.

- O'zim umuman penalti tepmaganman. 2005 yil Turkiyada bo'lib o'tgan Evropa chempionlar ligasi finalidagi penaltilar seriyasi yodimda qolgan. O'shanda “Milan” birinchi bo'limda 3:0 hisobida oldinda chiqib olgandi. Ikkinchi bo'limda “Liverpul” 10 daqiqada 3ta gol urib tashlagandi. Penaltilar seriyasida Eji Dudek SHevchenkoning zarbasini qaytarganini eslayman.


Matluba Sadullaeva va Narzulla Saydullaev suhbatlashdi.
Foto: Tolibjon Qosimov


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика