Pele: "Neymar Mbappedan yaxshiroq"

Mirjalol Normatov
6 dek 2018, 22:41
Futbol qiroli Pele vatandoshi Neymar va fransiyalik Kilian Mbappening o'yinlarini solishtirdi.

"Braziliya Rossiya maydonlarida omadsizlikka uchraganidan keyin ko'pchilik Neymarni nishonga oldi. Oldin ham aytganman, Neymarning iqtidori juda ham yuqori. Ammo uning xulqi vaziyatni biroz qiyinlashtirmoqda.

Mbappe bilan solishtirish? Menimcha Neymar yaxshiroq. U o'yinni o'ziga ola biladi. Biroq Yevropadagilarning barchasi fransiyalik haqida gapirmoqda", - dedi Pele.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com