Pedri: "Agar kimdir shuncha o'ynashimni aytganida, uni tentakka chiqarardim"
04 avg 2021 19:52
Yangiliklar
Pedri: "Agar kimdir shuncha o'ynashimni aytganida, uni tentakka chiqarardim"
Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi, hozirda Tokio Olimpiadasida Ispaniya sharafini himoya qilayotgan Pedri "Barselona"dagi ilk mavsumi hamda Evro-2020 va Olimpiada o'yinlarida Ispaniya terma jamoasidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Agar kimdir menga bir mavsumda shuncha o'yinda maydonga tushishimni aytganida, men bu odamni aqldan ozgan deyardim. Odamlar meni toliqib qoladi deb o'ylashadi, lekin men o'zimni yaxshi his qilyapman. Men shunchaki dam olishga va mutaxassislar maslahat berganidek ovqatlanishga harakat qilyapman", — dedi Pedri Olimpiadaning yarim finalida Yaponiya bilan o'yindan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida.
SHuningdek, futbolchi Olimpiada finalidan kutayotganlari to'g'risida gapirdi:
"Men oltin medalni orzu qilaman, Ispaniyada hamma buni xohlaydi. Biz Evropa chempionati final bosqichida chempionlik uchun kurashishimiz mumkin edi, lekin bir oz omadimiz kelmadi", — deya qo'shimcha qildi yarim himoyachi.
Fikrlar