"Paxtakor"ning sobiq futbolchisi haqida film suratga olinadi
08 iyu 2019 21:34
Yangiliklar
"Paxtakor"ning sobiq futbolchisi haqida film suratga olinadi
Tbilisining "Dinamo" jamoasida uzoq yillar o'ynagan, "Paxtakor" sharafini 1979-81 yillar oralig'ida himoya qilgan gruziyalik futbolchi Zurab Cereteli haqida film suratga olinmoqda. Cereteli 1979 yil 11 avgustdagi aviahalokatdan so'ng o'sha paytda o'ynayotgan jamoasi "Torpedo" Kutaisidan "Paxtakor"ga ko'chib o'tgandi.
Tasvirga olish ishlari bilan shug'ullanayotgan ijodiy guruh jamoasi futbolchining qizi Anna Cereteli hamda Gruziyaning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Zurab Abdushelishvili boshchiligida "Paxtakor" futbol klubi bosh direktori Dmitriy Adisman bilan uchrashishdi. Unda film suratga olishdan tashqari har ikki yurt futbolidagi bog'liqliklar to'g'risida so'z yuritidi. Malumki, Tbilisining "Dinamo" jamoasi 1964 yil "Paxtakor" stadionida o'tgan "oltin" uchrashuvda SSSR chempionatidagi ilk chempionligini nishonlagan. Qolaversa, "Paxtakor" safida yaqin yillarda ham gruziyalik futbolchilar faoliyat olib borishdi, ayni paytda jamoani SHota Arveladze boshqarmoqda.
Fikrlar