"Paxtakor"ning shov-shuvli goli qoidalarga muvofiqmi? Superliganing 18-turidan o'rin olgan hakamlik faoliyati tahlili
13 sen 2022 13:30
Yangiliklar
"Paxtakor"ning shov-shuvli goli qoidalarga muvofiqmi? Superliganing 18-turidan o'rin olgan hakamlik faoliyati tahlili
«Bunyodkor» - «Neftchi»
Umumiy nuqtai nazardan qaraganda, penalti yuzaki bo'lib ko'rinadi - qo'llar orqali aloqa unchalik yuqori emas, bunday vaziyatda penalti belgilanmaydi. Oyoqlar bilan esa hech qanday teginish ro'y bermagan. Qayd etish joiz, hakam unchalik yaxshi nuqtada joylashmagandi - futbolchilar uning oldini to'sib qo'yishdi. Hakam bu vaziyatda xatoga yo'l qo'ydi.
«Bunyodkor» - «Neftchi»
Dastlabki epizodda to'p himoyachining qo'liga tegmadi, balki ko'kragiga urildi. Undan so'ng qo'pollik ishlatildi. Qoidabuzarni sariq kartochka bilan jazolash kerak edi. U to'pni olib qo'yishga ulgurmadi va raqib tomon gavdasini tashladi.
«Bunyodkor» - «Neftchi»
“Neftchi” hujumchisining harakatlarida simulyaciya yo'q – himoyachi oyoq tashlagan, so'ngra oyog'ini olib qolishga uringan, biroq raqibga teginish holati bor edi, yiqilish tabiiy holda ko'rinmoqda. To'g'ri qaror - bu kartochkasiz penalti, chunki himoyachi to'pga o'ynamoqchi bo'lgan. Hakam to'g'ri qaror qabul qildi.
«Bunyodkor» - «Neftchi»
Qiyin epizod. Katta ehtimol bilan, kichik ofsayd holati bo'lgan, ammo VAR chiziqlarisiz buni to'liq ishonch bilan aytib bo'lmaydi. Rossiyada bunday vaziyatda bosh hakam assistentning qarorini qo'llab-quvvatlaydi, chunki u qulay nuqtada turgandi, kamera esa aynan o'yinchilarning qarshisida emas.
«Qizilqum» - «Olimpik»
Menimcha, “Qizilqum” hujumchisi chiroyli yiqilib berdi. Ha, to'qnashuv bor edi, lekin katta emas. Bu to'qnashuv raqib harakatini to'xtatish uchun etarli emas. Ko'pgina Evropa chempionatlarida bunday vaziyatda o'yin davom etardi.
Agar potencial to'qnashuv joyi haqida gapiradigan bo'lsak, men hakamning fikriga qo'shilaman. To'qnashuv jarima maydonchasigacha bo'lgan hududda sodir bo'ldi. SHuni ham takidlash joizki, bir qator hakamlar bunday yiqilishni simulyaciya deb talqin qilishadi, yani hujumchi simulyaciya uchun sariq kartochka olish xavfi bor edi.
«Qizilqum» - «Olimpik»
Hakamlar jamoasi to'g'ri qaror qabul qildi. “Qizilqum”ning 33-raqamli futbolchisi jamoadoshi tomonidan zarba berilgan vaqtda ofsayd holatida edi. Darvozabonning seyvi ofsaydni bekor qilolmaydi. Bu ofsayd. Eslatib o'taman, bu vaziyatda ofsayd chizig'i darvoza chizig'idagi himoyachidan emas, balki darvozabon turgan nuqtadan belgilanadi, chunki aynan darvozabon oxirgi himoyachi vazifasini bajargan.
«Qo'qon-1912» - AGMK
"Televizion" penalti toifalaridan biri. “Qo'qon” himoyachisi o'ylamasdan kurashga kirishadi: AGMK hujumchilari bir-birlari bilan uzatmalar amalga oshirgach, u hovliqqancha raqib oyog'ining boldir qismiga tashlanadi. Modomiki to'p o'yinda ekan, penalti belgilash va qo'pol o'yin uchun sariq kartochka ko'rsatish lozim edi.
«Paxtakor» - «Metallurg»
“Paxtakor” himoyachisi tavakkal qilib, to'pga podkat tashladi, ammo ushbu harakatni ehtiyotkorlik bilan mohirona tarzda amalga oshirib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Qo'pollik haqida gapirishga hojat yo'q - himoyachi o'ylamasdan turib to'pga tashlanmadi, balki butsasining uchi bilan to'pni tepib yubordi. To'g'ri qaror - burchak to'pi. Hakam vaziyatni yaxshi angladi.
«Paxtakor» - «Metallurg»
Men bu penaltini qo'llab-quvvatlayman. Ushbu penalti uchun darvozabonga sariq kartochka ko'rsatilmaydi, chunki u to'pga o'ynashga harakat qildi. "Metallurg" hujumchisida simulyaciya elementini ko'rmayapman. U to'pni oldinga tashlaydi va orqasidan yuguradi, shundan so'ng darvozabon bilan to'qnashuv yuzaga keladi.
«Paxtakor» - «Metallurg»
Ushbu rakurs to'pning darvoza chizig'ini kesib o'tgan yoki o'tmaganligini 100% aniqlashga imkon bermaydi. Biroq darvozabonning holati, uning qo'llari va tanasi turgan nuqta katta ehtimol bilan to'pning darvoza chizig'ini kesib o'tganligini ko'rsatadi. Yordamchi hakam ko'proq normal poziciyada turgandi, lekin u yanada yaxshiroq poziciyaga o'rnashishi mumkin edi (yordamchi hakam burchak bayrog'igacha yana yarim metrga yaqin masofa bosishi mumkin edi).
«So'g'diyona» - «Navbahor»
Burchak to'pi amalga oshirilgandan so'ng to'p o'yinchilar o'rtasida to'polon yuzaga keldi. "So'g'diyona" futbolchisi darvozani ishg'ol qilishga harakat qildi (to'p darvozaga kirmadi), to'p "Navbahor" futbolchisining son qismiga tegib qaytdi, shundan so'ng darvoza tomon yo'llangan zarba namanganlik futbolchining tirsagiga tegdi. Uning qo'li tabiiy holatda edi, u harakat maydonini oshirmadi hamda qo'lini chetga surmadi, qo'l tanaga parallel ravishda pastda joylashgandi. Hakam o'yinni davom ettirib, to'g'ri qaror qabul qildi.
Hakamlar bo'yicha mutaxassisimizning fikricha, 12 ta epizodda hakamlar 4 ta xatoga yo'l qo'yishgan.
Fikrlar